Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 22:27

O'zbekiston .UZ milliy domen zonasi 12 mingdan oshdi


Balise Alleyne olgan surat.
Balise Alleyne olgan surat.
Internetdagi O‘zbekistonning milliy domen zonasi 19 may kuni 12 mingdan oshdi.

Shu yil boshida bu raqam 11,1 mingni tashkil qilgan edi.

UZ zonasi ma‘muriyatining statistik ma‘lumotiga ko‘ra, 1 yanvardan beri 2,200ta domen ro‘yxatga olingan va 1,300ta domen o‘chirilgan.

Gazeta.uz internet nashri xabariga ko‘ra, 7,130ta domen, ya‘ni, 59 foiz domen nomlari yuridik shaxslar tomonidan, 41 foizi, ya‘ni, 4,880ta domen jismoniy shaxslar tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilgan.

Xabarga ko‘ra, domenlarning 82,2 foizi, ya‘ni, 9,870tasi O‘zbekiston fuqarolariga tegishli.

Ikkinchi darajali .UZ domeni 1995 yilning 29 aprelida ishga tushirilgan edi. UZ domen zonasini Komyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etish markazi UZINFOCOM boshqaradi.

Ayni damda O'zbekistonda .UZ domen zonasiga ro'yxatdan o'tkazuvchi 7 tashkilotlar faoliyat ko'rsatmoqda - Tomas (.UZ zonasidagi domenlarning 34% ro'yxatdan o'tkazgan), Billur Com (23,7%), Arsenal-D (21,2%), Simus (15,3%), Sarkor Telecom (9%), BCC (8%) va CCC (1,4%).

2011 birinchi dekadasida 28 million aholisi bor O'zbekistonda Internet foydalanuvchilarining soni, mobil Internetni hisobga olganda, 7,55 millionga yetgan.
XS
SM
MD
LG