Линклар

Praganing Iqtisodiyot va menejment oliy maktabi Toshkentning Moliya instituti bilan hamkorlik haqida kelishuv imzoladi.

Toshkentdagi Chexiya elchixonasi ma‘lumotiga ko‘ra, kelishuvni ikki oliygoh rektorlari Milan Jak va Alisher Vahobov imzolagan.

Regnum axborot agentligi xabariga ko‘ra, Toshkent Moliya instituti shu paytgacha 11 davlatning 18 ta oliygohi bilan hamkorlik haqida kelishuvlar imzolagan.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Vladimir Norov 2011 yil 26-27 may kunlari Pragaga tashrifi chog‘ida chexiyalik hamkasbi Tomash Dub bilan siyosiy maslahatlashuv o‘tkazgan va turli vazirliklar rasmiylari bilan muzokara olib borgan edi.
XS
SM
MD
LG