Линклар

23 may kuni Berlinda O‘zbekiston xalq harakati qurultoyining birinchi majlisi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘inda AQSh, Kanada, Avstraliya, Finlandiya, Fransiya, Shvyesiya, Turkiya, Norvyegiya, Germaniya, Chexiya va Rossiyada istiqomat qilayotgan o‘zbek muxolifati faollari ishtirok etdi.

Qurultoyning ilk majlisi oldidan ishtirokchilar mehmonxona oldiga yig‘ilib, "O‘zbekiston ozod bo‘lsin!" deb shiorlar aytishdi.

Majlis boshlangach, O‘zbekiston xalq harakatining nizomi qabul qilindi.

O‘zbekiston xalq harakati Islom Karimov rejimini ag‘darib, qatag‘onlarga barham beradi hamda ozodlik, demokratiya va adolat o‘rnatadi, deyiladi harakat nizomida.

Qurultoy ishtirokchilaridan biri Muhammadsolih Abutov yozgan “Kishanlarni uz O‘zbekiston!” nomli she‘ri harakatning madhiyasi sifatida qabul qilindi.

O‘zbekiston Erk demokratik partiyasi, Tayanch, "Andijon - adolat va tiklanish" tashkiloti muassisligida tuzilgan bu harakatning dushanba kungi majlisi qizg‘in bahslar bilan o‘tdi.

Jurnalistlar va kuzatuvchilar ishtirokida o‘tgan qurultoy seshanba kuni ham davom etadi.
XS
SM
MD
LG