Линклар

O‘zbekiston yana xavotirlarga sabab bo‘lmoqda


Odam savdosi qurbonlari nafaqat mamlakat tashqarisida, balki O‘zbekiston ichkarisida ham ko‘p, deyiladi hisobotda.

Odam savdosi qurbonlari nafaqat mamlakat tashqarisida, balki O‘zbekiston ichkarisida ham ko‘p, deyiladi hisobotda.

AQSh Davlat departamenti jahonda odam savdosiga oid vaziyat to‘g‘risida 2010 yil uchun hisobot e‘lon qildi.

O‘zbekiston bu hisobotda minimum tamoyillarga to‘la amal qilmaydigan va odam savdosi darajasi yuqori qolyotgan davlatlar toifasiga kiritilgan.

184 mamlakatdagi vaziyatga baho berilgan hujjatda davlatlar Odam savdosi qurbonlarini himoya qilish aktiga (OSQHA) amal qilishiga qarab, to‘rt toifaga bo‘lingan. Bular: 1-toifa bu aktga to‘la amal qiluvchi davlatlar; 2-toifa hujjatda belgilangan minimum tamoyillarga to‘la amal qilmaydigan, lekin bu borada jiddiy qadamlar qo‘yayotgan davlatlar; 2-toifa, lekin xavotir uyg‘otuvchi davlatlar, ya‘ni minimum tamoyillarga to‘la amal qilmaydigan va odam savdosi darajasi yuqori qolyotgan davlatlar; 3-toifa minimum tamoyillarga to‘la amal qilmaydigan va bu borada umuman harakat qilmayotgan davlatlar.

Hisobot mualliflariga ko‘ra, O‘zbekiston erkaklar, ayollar va bolalar majburiy mehnat qurbonlari bo‘layotgan hamda ayollar va bolalar foxishalikka sotib yuborilayotgan mamlakatdir.

Tirikchilik ilinjida muhojiratga chiqib ketayotgan o‘zbek erkaklari Qozog‘iston va Rossiyada qurilish, paxta va tamaki sanoatlarida mehnat qilishga majburlanmoqda.

Foxishalikka majburlanayotgan o‘zbek ayollari va bolalari Birlashgan Arab Amirliklari, Hindiston, Qozog‘iston, Rossiya, Turkiya, Tayland, Isroil, Malayziya, Janubiy Koreya, Yaponiya, Xitoy, Indoneziyada ko‘p uchraydi, bundan tashqari O‘zbekistonning ichida ham odam svdosi qurbonlariga aylanayotganlar ko‘p, deyiladi hisobotda.

Mamlakat ichida majburiy mehnat holatlarini, ayniqsa, paxta yig‘im-terim mavsumida keng kuzatish mumkin. Ko‘plab maktab bolalari, kollej o‘quvchilari va kattalar paxta terishga majburlanadi.

O‘zbekiston hukumati esa odam savdosini yo‘q qilish bo‘yicha minimum tamoyillarga to‘la rioya qilmasdan kelmoqda. Shuning uchun O‘zbekiston 2-toifa, lekin xavotir uyg‘otuvchi davlatlar qatoriga qo‘yildi.

O‘zbekiston hukumati majburiy mehnat holatlarini yo‘q qilish uchun jiddiy qadamlarni amalga oshirishi lozim, masalan, bolalarni paxta terishga majburlayotgan rasmiylarni javobgarlikka tortishi lozim, deya tavsiya beriladi AQSh davlat departamenti hisobotida.
XS
SM
MD
LG