Линклар

Freedom House – Ozodlik Uyi tashkiloti O‘zbekistonni yana matbuot erkinligi bilan bog‘liq vaziyat eng yomon bo‘lgan o‘nta davlat ro‘yxatiga kiritdi.

Tashkilot e‘lon qilgan hisobotda 196 davlat ichida O‘zbekiston 194-o‘ringa qo‘yilgan. O‘zbekistondan faqatgina Turkmaniston bilan Shimoliy Koreya yomonroq natija ko‘rsatgan. Bunda O‘zbekiston Birma, Eritreya, Kuba, Liviya va Ekvatorial Gvineyadan pastroqda joy olgan.

Freedom House tashkilotiga ko‘ra, umuman jahon boy‘lab matbuot erkinligi keyingi 10 yil ichida eng past nuqtaga tushib ketgan.

Reyting oxirida o‘rin olgan o‘nlikka kiruvchi davlatlarda “mustaqil matbuot yo umuman yo‘q, yoxud rejim so‘zchisi vazifasini bajaradi”, deyiladi dushanba kuni e‘lon qilingan hisbotda.
XS
SM
MD
LG