Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 21:13

O‘zbekiston yana "yomonlarning yomoni"


"Freedom House" ("Ozodlik uyi" ) tashkiloti O‘zbekistonni bu yil ham dunyoning eng repressiv davlati sifatida "yomonlarning yomoni" ro‘yxatiga kiritdi.

Bosh qarorgohi AQShda joylashgan "Freedom House" ("Ozodlik uyi") tashkiloti O‘zbekistonni bu yil ham inson huquqlari vaziyati o‘ta yomon bo‘lgan to‘qqiz mamlakat qatoriga kiritdi.

"Yomonlarning yomoni 2011: dunyoning eng repressiv jamiyatlari" deb nomlangan hisobotda O‘zbekiston bilan bir qatorda Birma, Ekvatorial Gvineya, Eritreya, Liviya, Shimoliy Koreya, Somali, Sudan va Turkmaniston kabi davlatlar dunyoning eng repressiv davlatlari safiga kiritilgan.

"Freedom House" hisobotida aytilishicha, bu ro‘yxatga jahondagi eng repressiv tizimga ega bo‘lgan, inson huquqlari mutassil buziladigan davlatlar kiritiladi.

Tashkilot hisobotida O‘zbekistondagi prezident Islom Karimov hukumati aholini fundamental huquqlaridan mahrum etgan holda, o‘zining repressiv siyosatini davom ettirib kelayotganligi aytiladi.

"Hukumat har qanday siyosiy muxolifatni bostirib keladi, prezident Karimov va boshqaruv doiralari adliya va qonun chiqaruvchi tizimda ustuvorlik qiladilar", deyiladi hisobotda.

194 davlatdagi inson huquqlari ahvoliga baho berilgan hisobotda 87 davlat "erkin", 60 davlat "qisman erkin", 47 davlat esa "erkin bo‘lmagan" davlatlarga ajratilgan.

Markaziy Osiyo davlatlari orasida faqat Qirg‘iziston "qisman erkin" davlatlari orasidan joy oldi.

Sobiq Sovyet o‘lkalari bo‘yicha Armaniston, Gruziya, Moldova, Ozarbayjon va Ukraina "qisman erkin", Rossiya, Qozog‘iston, Tojikiston "erkin bo‘lmagan" davlatlar qatoriga kiritildi.
XS
SM
MD
LG