Линклар

O‘zbekiston hukumati Osiyo taraqqiyot bankidan 240 mln dollar hajmida kredit oldi.

Regnum agentligiga ko‘ra, bu mablag‘ O‘zbekistonni Afg‘oniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston bilan bog‘lovchi Milliy avtomobil yo‘lini qurishga sarflanadi.

O‘zbekistonga Osiyo taraqqiyot banki tomonidan 25 yilda qaytarish sharti bilan berilgan 250 mln dollarli qarz “G‘uzor-Buxoro-Nukus-Beynov” yo‘lining 85 kilometrli qismini rekonstruksiya qilishga sarflanadi.

O‘zbekistonning Milliy avtomobil yo‘li qurilishi umumiy qiymati 600 mln dollarli loyiha bo‘lib, u 2010 yil aprelida Osiyo taraqqiyot banki tomonidan ma‘qullangan edi. Toshkent bankdan 2010 yilning mayida olgan115 mln dollarli birinchi transh “G‘uzor-Buxoro-Nukus-Beynov” yo‘lining 50 kilometri rekonstruksiyasiga yo‘naltirilgan.
XS
SM
MD
LG