Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 16:30

O‘zbekistonda 50 milliard so‘m davlat g‘aznasiga qaytarildi


Uzbekistan - A Bunch of Uzbek National Currency.
Uzbekistan - A Bunch of Uzbek National Currency.
2010 yilda davlat g‘aznasi mablag‘laridan foydalanish bo‘yicha 117 ta qonun buzilishi holati aniqlanib, o‘tgan yil davomida davlat idoralari tomonidan maqsadsiz foydalanilgan 49,97 milliard so‘m g‘aznaga qaytarildi.
Newsuz.com yoyinlagan xabarga ko‘ra, bu haqda O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi byudjet va iqtisodiy islohatlar qo‘mitasi yig‘ilishida ma‘lum qilingan.
Yig‘ilishda “Davlat byudjetining g‘aznachilik ijrosi to‘g‘risida”gi qonunni amalda qo‘llash holati tahlil qilinib, o‘zbek deputatlari davlat byudjet mablag‘larining noqonuniy ishlatish holatini tanqid ostiga olganlar.
O‘zbekiston korrupsiya darajasi o‘ta yuqori davlatlar qatoriga kiradi va davlat mablag‘larining talon-taroj qilinishi odatiy holdir, deydi kuzatuvchilar.
Transparency International tashkilotning dunyo davlatlaridagi korrupsiya darajsiga oid 2010 yilgi reytingida O‘zbekiston 178 mamlakat orasida 172 o‘rinni egallagan.
XS
SM
MD
LG