Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 15:03

O‘zbekistonda bank kartasidan foydalanish qoidalari o‘zgaradi


Butun dunyoda bank kartasidan faqat uning egasigina foydalanishi mumkin.
Butun dunyoda bank kartasidan faqat uning egasigina foydalanishi mumkin.
O‘zbekiston Adliya vazirligi Markaziy bank boshqaruvining 2010 yilning 25 iyunida qabul qilgan tijorat banklari tomonidan chiqarilgan bank kartalari va ularning O‘zbekiston Respublikasidagi muomalasiga o‘zgartishlar kiritish haqidagi 19/2 raqamli qarorini ro‘yxatga oldi.

Mazkur o‘zgartishlarga muvofiq¸ 2011 yilning 23 iyulidan boshlab fuqarolarning o‘z bank kartalarini foydalanish uchun boshqa shaxslar¸ xususan o‘z oila-a‘zolari¸ do‘stlari va tanishlariga berishiga ruxsat etiladi va buning uchun bank kartasi egasining ëzma ruxsati talab qilinmaydi.

Hozirga qadar bank kartalaridan faqat uning egasi¸ hamda karta egasi tegishli tarzda ruxsat bergan shaxslargina foydalanishi mumkin edi.

23 iyuldan kuchga kiradigan o‘zgartishlarga ko‘ra¸ savdo va xizmat ko‘rsatish sohasi xodimlarining bank kartasi egasidan uning shaxsiyatini tasdiqlovchi hujjat talab qilishi ham o‘z kuchini yo‘qotadi.

Hozircha bu o‘zgartishlarning aynan qaysi maqsadni ko‘zlab qabul qilinganiga oid rasmiy sharh berilgani yo‘q.
XS
SM
MD
LG