Линклар

logo-print
Yevropa Parlamentining bir guruh a‘zosi Yevropa Ittifoqining O‘zbekistonda bolalar mehnatidan foydalanish bilan bog‘liq dasturlarni moliyalashtirayotganiga oid ayblovlar yuzasidan tergov o‘tkazilishini so‘rab, Yevropa Komissiyasiga murojaat qildi.

Yaqinda Qullikga qarshi Xalqaro tashkilot O‘zbekiston Yevropa Ittifoqi bergan savdoga oid maxsus imtiyozlar shartlarini buzayotgani va mamlakatda terib olinayotgan paxtaning yarmidan ko‘pi bolalarning majburiy mehnati bilan terib olinayotgani haqida hisobot e‘lon qilgan edi.

Endilikda Yevroparlamentning 16 a‘zosi tashkilotning mana shu iddaolari Yevrokomissiya tomonidan tekshirilishini talab qilmoqda.

“Bolalarni maktabdan olib chiqib, paxta dalalarida majburiy ishlatish mutlaqo ularning huquqlarini buzishdir. Bu inson huquqlari O‘zbekiston va barcha Yevropa Ittifoqi davlatlari imzolagan xalqaro kelishuvlarga ziddir. Yevropaning xalqaro savdo bo‘yicha imtiyozlari inson huquqlarini buzayotgan emas, unga rioya qilayotganlarga ko‘rsatilishi kerak”, deb hisoblaydi murojaatga iszo chekkan Yevroparlament a‘zolaridan biri Katerina Birder.

Parlament a‘zolari O‘zbekistonda bolalar mehnatidan majburiy foydalanish amaliyotini “zamonaviy qullikning bir ko‘rinishi”, deb ta‘riflagan.
XS
SM
MD
LG