Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 17:09

O‘zbekistonda bolalar yana emlanadi


Shu yil 23 mayidan boshlangan poliomiyelitga qarshi emlovning oltinchi bosqichida qariyb 2,9 million bola emlanishi kutilmoqda.

Bungacha besh marotaba o‘tkazilgan poliomiyelitga qarshi emlovning navbatdagi bosqichi, Gazeta.uz saytining xabar qilishicha, 23 maydan 28 maygacha o‘tkazilib, unda 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar emlanadi.

Poliomiyelitga qarshi emlovning to‘rt bosqichi 2010 yilning may, iyun, iyul va oktabr oylarida, beshinchisi esa shu yilning aprel oyida o‘tkazilgandi. Ularda 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar va o‘smirlar, Tojikiston bilan chegaradosh Surxondaryo viloyatida esa 25 yoshgacha bo‘lgan kishilar emlangandi hamda emlanganlarning umumiy soni 10 million kishini tashkil qilgandi.

Bu safar ham emlov, avvalda bo‘lgani kabi, Markaziy Osiyo mamlakatlarining barchasida bir vaqtda o‘tkazilishi aytilmoqda.

O‘tgan yili mintaqada poliomiyelit kasalligi bilan bog‘liq vaziyat og‘irlashib ketgan, xususan, Tojikistonda poliomiyelit bilan bog‘liq 458 holat aniqlangandi. Shuningdek, Turkmanistonda mazkur kasallik bilan bog‘liq uchta holat, Qozog‘istonda esa bitta holat qayd etilgandi.

Poliomiyelit davolanmaydigan o‘tkir yuqumli kasallik bo‘lib, uning oldini faqat emlov yo‘li bilan olish mumkin.

Milliy emlov kunlari Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti, BMTning Bolalar jamg‘armasi (YuNISEF) va Poliomiyelitni bartaraf qilish bo‘yicha global tashabbusning boshqa hamkorlari ko‘magida amalga oshirilmoqda.
XS
SM
MD
LG