Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 23:02

O‘zbekistonda dam olish kunlari ko‘chirildi


O‘zbekiston prezidentining 24 avgust kuni imzolagan qaroriga ko‘ra, o‘zbekistonliklar 27 va 28 avgust kunlari ishlaydigan, 29 va 30 avgust kunlari esa dam oladigan bo‘ldilar.

Mazkur qaror “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining yigirma yilligi nishonlanishi munosabati bilan hamda aholining dam olishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va ish vaqtidan oqilona foydalanish maqsadida” qabul qilingani aytilmoqda.

31 avgust kuni Ramazon hayiti nishonlanishi taxmin qilinmoqda, biroq hali hayitning aniq sanasi e‘lon qilinganicha yo‘q. Xabardor manbalar qaydicha, O‘zbekistonda Ramazon hayiti 30 avgust kuni nishonlanishi ham mumkin.

1 sentabr kuni esa O‘zbekiston mustaqilligining 20 yilligi nishonlanadi va bu kuni ham o‘zbekistonliklar har yilgidek dam oladi. Shu tariqa kelasi hafta o‘zbekistonliklar qatorasiga to‘rt kun dam olishlari mumkin.
XS
SM
MD
LG