Линклар

2015-2016 yilga qadar O‘zbekiston Oliy o‘quv yurtlaridagi davlat granti asosida beriladigan talabalik o‘rni 2 foizga qisqartiriladi.

Bu borada e‘lon qilingan hukumat qarorida bundan maqsad barcha yo‘nalishlar bo‘yicha oliy toifali kadrlarni tayyorlash sifatini oshirish va mavjud mutaxassisliklarni optimallashtirish ekani aytilgan.

Shu maqsadda 2011-2016 yilga qadar respublika Oliy o‘quv yurtlariga barcha yo‘nalishlar bo‘yicha davlat granti ajratilgan hozirgi 35 foiz talabalik o‘rni 33 foizga kamaytiriladi.

Biroq, bu bilan respublika Oliy o‘quv yurtlaridagi jami talabalik o‘rni soni qisqartirilmasligi aytilmoqda.

Shuningdek, bu davr oralig‘ida Iqtisod va biznes, Huquq yo‘nalishlari bo‘yicha ajratilgan davlat grantini 31,5 foizga qadar qisqartirish hisobiga Sanoat va Qurilish muxandisligi sohalari uchun davlat granti asosidagi o‘rinlar sonini ko‘paytirish ko‘zlanmoqda.
XS
SM
MD
LG