Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 20:47

O‘zbekistonda Davlat maslahatchisi ishdan olindi


Uzmetronom mustaqil internet nashrining ishonchli manbaga asoslanib xabar qilishicha, 10 iyun kuni O‘zbekiston prezidentining xuquq-tartibot, kuch ishlatar va fiskal tuzilmalar faoliyatini muvofiklashtirish buyicha Davlat maslahatchisi Muidjon Tohiriy egallab turgan lavozimidan bo‘shatilgan.

General-mayor Tohiriy bu lavozimga 2010 yilning 21 sentabrida tayinlangan edi.

Tohiriy Davlat maslahatchisi lavozimiga tayinlangunicha Milliy xavfsizlik kengashi kotibining o‘rinbosari, undan avval O‘zbekiston Milliy xavfsizlik xizmati rais o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.

O‘zbekiston mustaqillikni qo‘lga kiritganidan beri kuch ishlatar va fiskal tuzilmalar ishini muvofiqlashtirish bilan shug‘ullanadigan Davlat maslahatchisi lavozimida to‘rt general - Baxtiyor G‘ulomov, Tursunxon Xudoybergenov, Ravshanbek Shamshiyev va Muidjon Tohiriy ishladi.
XS
SM
MD
LG