Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 00:47

O‘zbekistonda "davlatchilik inqirozi" darajasi kamaydi


AQShdagi “Tinchlik jamg‘armasi” va “Foreign Policy” jurnali“ 2011 yilgi “Davlatchilik inqirozi” reytingini e‘lon qildi.

Dunyoning 177 davlatida hukumatlar faoliyati natijalariga qarab tuzilgan ro‘yxatda ko‘rsatilishicha, O‘zbekiston bu yil 88,3 ball bilan 40-o‘rinni egallagan va bu davlatda o‘tgan yilgiga nisbatan ahvol yaxshilangan.

2010 yilgi ro‘yxatda esa O‘zbekiston 90,5 ball bilan 36-o‘rinni egallagan edi.

Hukumatlar faoliyati 12ta ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy mezon, jumladan, davlat legitimligi, demografik bosim, nobarqaror rivojlanish, inson huquqlari, xavfsizlik idoralari tizimi, davlat idoralarining ishlashi, tashqi tahdid va boshqa mezonlarga asoslangan holda 1dan 10 ballgacha baholangan.

2011 yilgi ro‘yxatda Somali 113,4 ball bilan inqirozga uchragan davlat sifatida ro‘yxatning birinchi o‘rnini egallagan. Finlyandiya barcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha 19,7 ball bilan muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotgan davlat sifatida ro‘yxatdagi oxirgi o‘rinni egallagan.
XS
SM
MD
LG