Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 13:26

O‘zbekistonda faxriylar rag‘batlantiriladi


Surat Dmitriy Chistoprudov arxividan olindi.
Surat Dmitriy Chistoprudov arxividan olindi.
O‘zbekistonda Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlarining har biriga 300 ming so‘mdan pul mukofoti ajratiladi.

O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov tomonidan imzolangan va 22 aprel kuni mahalliy ommaviy axborot vositalarida e‘lon qilingan “Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida”gi farmonga muvofiq, bu tadbir 9 mayda Xotira va qadrlash kuni o‘tkazilishi, shuningdek, 1941-1945 yillardagi Ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaning 66 yilligi nishonlanishi munosabati bilan hamda urush qatnashchilari va nogironlarini moddiy rag‘batlantirish maqsadida amalga oshirilmoqda.

Mazkur farmonda Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlariga berilajak 300 ming so‘m miqdoridagi bir martalik pul mukofoti bilan bog‘liq sarf-xarajatlar respublika byudjetidan ajratilishi ko‘rsatilgan.

O‘zbekistonda shu kunda 1 AQSh dollarining qora bozordagi kursi 2450 so‘mga teng ekani e‘tiborga olinsa, o‘zbek faxriylari bayram oldidan 122,5 dollar miqdorida pul olishlari ma‘lum bo‘ladi.

Ma‘lumotlarga ko‘ra, hozirda O‘zbekistonda 11 ming chog‘li urush qatnashchisi va nogironi istiqomat qiladi.
XS
SM
MD
LG