Линклар

logo-print

O‘zbekistonda GM mashinalari narxi yana oshirildi


O‘tgan yildan buyon ishlab chiqarila boshlagan Chevrolet Spark avtomobilini sotib olish uchun endilikda o‘zbekistonliklar kamida qariyb 19 million so‘m to‘lashlari kerak bo‘ladi.

O‘tgan yildan buyon ishlab chiqarila boshlagan Chevrolet Spark avtomobilini sotib olish uchun endilikda o‘zbekistonliklar kamida qariyb 19 million so‘m to‘lashlari kerak bo‘ladi.

GM Uzbekistan qo‘shma korxonasi ishlab chiqarayotgan avtomobillar narxi 24 martdan boshlab 18 foizga qimmatladi.

O‘tgan hafta yakunida O‘zbekistonda e‘lon qilingan narxnomalarga muvofiq, 2010 yildan chiqarila boshlagan Spark avtomobili narxi endilikda modifikatsiyasiga qarab 18,919 million so‘mdan 23, 489 million so‘mgacha sotilmoqda. Rasmiy valyuta kursi bilan hisoblaganda, bugungi kunda mazkur avtomobil 11,25 ming AQSh dollaridan 13,9 ming AQSh dollarigacha narxda sotilayotgan bo‘lib chiqadi.

Avvalroq Spark avtomobili 16, 596 million so‘mdan 21, 952 million so‘mgacha (rasmiy kurs bo‘yicha 9,8 ming dollardan 13 ming dollargacha) sotilgan.

O‘tgan yil davomida O‘zbekistonda GM Uzbekistan qo‘shma korxonasi ishlab chiqargan 143 ming avtomobil sotilgan.

Rossiyada esa korxona qariyb 75 ming avtomobil sotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston avtosanoatchilari 2015 yilgacha ishlab chiqarish hajmini 1,2 barobarga oshirib, ishlab chiqarilajak yengil avtomobillar sonini yiliga 260 mingtaga chiqarishni rejalaganlar.

O‘zDEUavto yopiq turdagi hissadorlik jamiyati bazasida tashkil etilgan GM Uzbekistan qo‘shma korxonasi O‘zavtosanoat shirkati bilan General Motors korporatsiyasi o‘rtasida 2008 yilda tuzilgan.

Hozirda korxona aksiyalarining 75 foiziga O‘zavtosanoat korxonasi, 25 foiziga esa General Motors egalik qiladi.
XS
SM
MD
LG