Линклар

logo-print

O‘zbekistonda insulin ishlab chiqariladi

 21.04.2011 Sadriddin Ashur O‘zbekistonda qandli diabet bilan og‘rigan bemorlarga beriladigan insulin dori-vositasini ishlab chiqaradigan zavod quriladi. Shveysariyaning "Ival AG" shirkati buning uchun 150 million AQSh dollari miqdorida sarmoy

O‘zbekistonda qandli diabet bilan og‘rigan bemorlarga beriladigan insulin dori-vositasini ishlab chiqaradigan zavod quriladi. Shveysariyaning "Ival AG" shirkati buning uchun 150 million AQSh dollari miqdorida sarmoya ajratdi.

O‘zfarmsanoat” davlat konsernining Sarmoya, mahalliylashtirish va zamonaviylashtirish monitoringi bo‘limi boshlig‘i Ramzullo Zabixo‘jayevning aytishicha, bu zavod nafaqat qandli diabet bilan og‘rigan o‘zbekistonlik bemorlarning insulinga bo‘lgan ehtiyojini to‘la qondiradi, balki kelajakda bu dorini eksport qilish imkoni ham paydo bo‘ladi.

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi ma‘lumotiga ko‘ra, ayni paytda mamlakatda 118 ming kishi qandli diabet tashxisi bilan ro‘yxatga olingan va ular hukumat tomonidan tekin dori bilan ta‘minlanadi.

Bugungi kunda O‘zbekistonga insulin faqat xorijdan import qilinadi.

Ba‘zi iqtisodchilar esa Shveysariyaning "Ival AG" shirkatining O‘zbekistonga katta miqdorda sarmoya kirgizishi xavfli bo'lishi mumkun, degan fikrda.
XS
SM
MD
LG