Линклар

O‘zbekistonda ikki vazirlik – Xalq ta‘limi vazirligi hamda Oliy va o‘rta-maxsus ta‘lim vazirligi Internetdagi informatsiyani "filtr"dan o‘tkazishni taklif qildi.

Bu haqda xabar bergan CA-news saytiga ko‘ra, bu taklif tilga olingan vazirliklar vakillari 14 mart kuni o‘tkazgan matbuot anjumanida yangragan.

Vazirliklar vakillari fikricha, bu chora mamlakat yoshlarida "mafkuraviy immunitet" hosil qilishga yordam beradi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistondagi ta‘lim vazirliklari Internetni filtrlashni taklif qilgan kuni xalqaro "Chegara bilmas muxbirlar" tashkiloti O‘zbekiston va Turkmanistonni yana internet dushmanlari ro‘yxatida qoldirgani to‘g‘risida xabar bergan edik.

Tashkilotning 100 sahifalik yillik hisobotida aytilishicha, dunyodagi eng qaqshatgich internet senzura Xitoy, Eron, Shimoliy Koreya, Saudiya Arabistoni, Suriya, Kuba, Turkmaniston, O‘zbekiston, Vyetnam va Myanmadadir.

Hisobotda O‘zbekiston xususida “Bu politsiya davlati internet tarmog‘ida axborot tarqalishini tutib qolish va hoh virtual yohud reallikda bo‘lishidan qat‘iy nazar, fuqarolik jamiyati tug‘ilishiga urinishlarga qarshilik qilishda davom etmoqda”, deyilgan.
XS
SM
MD
LG