Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 17:04

O‘zbekistonda haydovchilar uchun jazo choralari kuchaytirildi


O‘zbekistonda yo‘l harakati xavfsizligi qoidalarini buzgan haydovchilar uchun ma‘muriy jazo choralari kuchaytirildi.

Mazkur choralar O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati 26 mart kuni ma‘qullagan va 26 aprel kuni O‘zbekiston prezidenti tomonidan imzolangan “O‘zbekiston Respublikasining ma‘muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksiga kiritilgan o‘zgartishlar va qo‘shimchalar to‘g‘risida” gi qonunda belgilab qo‘yilgan.

Yangi qonunga ko‘ra, mast holda yoki haydovchilik guvohnomasiz mashina boshqarish, yo‘lda qoidasini buzgan holda halokat sodir etish, tezlikni oshirish, svyetofor chiroqlari talabiga bo‘ysunmaslik uchun ma‘muriy jazo choralari kuchaytirilgan.

Rasmiy ma‘lumotlarga qaraganda, so‘nggi uch yil ichida O‘zbekiston bo‘ylab 40 mingta yo‘l-tarnsport hodisasi sodir etilib, qariyb 8 ming kishi nobud bo‘lgan, taqriban 41 ming kishi tan jarohati olgan.
XS
SM
MD
LG