Линклар

O‘zbekiston hukumati 2012 yil 1 yanvaridan boshlab jurnal formatida gazetalar chop etishni ta‘qiqlash haqida qaror qabul qildi.

Regnum axborot agentligi xabariga ko‘ra, O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi direktori o‘rinbosari Ro‘zimat Safoyev jurnalistlarga barcha gazetalar tahririyatlariga o‘z maxsulotlarini A-2-A-3 formatida chiqarish tavsiya qilinganini ma‘lum qilgan.

Safoyev kichik formatda gazetalar nashr qilish ma‘n etilishini uning narxi qimmatligi, vaqt ko‘p ketishi, qog‘oz ko‘p sarflanishi bilan izohlagan.

Hozir O‘zbekistonda 1243 ta ommaviy axborot vositasi faoliyat olib bormoqda.
XS
SM
MD
LG