Линклар

21 million mobil aloqa xizmati abonentlari bor O'zbekistonda mobil aloqaning narxi arzonlayotgani kuztilmoqda. Mutaxassislarning aytishicha, mobil aloqaning narxi arzonlayotganiga sabab bu sohadagi keskin raqobatdir.

O'zbekistonda xizmat ko'rsatuvchi uch yirik mobil aloqa operatorlari UCell, Bilayn va MTS-O'zbekiston shirkatlari bir biridan o'zigan holda 2011 yilning boshidanoq yangi tarif dasturlarini o'z abonentlariga taqdim etdilar.

2010 yilda bir milliondan ortiqroq yangi abonentlarga ega bo'lgan va jami bo'lib 9 million abonent bazasi bor "MTS-O'zbekiston" mobil operatori 14 fevral kuni "Hammaga salom" tarifini e'lon qildi. Tarif bo'yicha tarmoq ichidaga bir daqiqa 1,5 sent turadi. Kirish qo'ng'iroqlari esa bepul.

O'zbekistonning yana bir yirik aloqa operatori bo'lmish UCell shirkati ham beshinchi fevral kuni "Oddiy bir yarim" tarif dasturini e'lon qildi. Bu tarifning o'zgacha tarafi shuki, tarmoq ichidagi kirish qo'ng'iroqlarining har bir daqiqasi va O'zbekiston ichidagi SMS va MMS xabarlar 1,5 sent turadi. Eslatamiz, UCell aloqa operatoriga ham 2010 yil sermahsul yil bo'lgan edi. 2010 yilning o'zida 2,5 million yangi abonent jalb qila olgan UCell ning abonentlar bazasi yilning ohiriga kelib 7,5 millionga yetdi.

Uchinchi yirik mobil operatori Bilayn ham yuqori aytilgan gigant-operatorlardan qolishmaslikka harakat qilib "Oddiy! Bir yarim!" tarif dasturini e'lon qildi. Nomi UCell ning yangi tarifiga o'xshash bo'lsada, Bilayn ning "Oddiy! Bir yarim!" tarifida narxlar o'zgacha - O'zbekiston bo'yicha chiqish qo'ng'iroqlari va SMS 1,5 sent turadi. 2010 yilning ohiriga kelib Bilayn ning abonentlar bazasi soni 5,5 millionga yetgani aytilmoqda.

Yuqorida nomi keltirilgan mobil aloqa operatorlari GSM standarti asosida xizmat ko'rsatishadi. Bulardan tashqari O'zbekistonda CDMA standarti asosida xizmat ko'rsatuvchi "Perfektum Mobile" va "Uzbektelekom Mobile" shirkatlari ham faoliyat yuritishadi. Biroq ularning abonentlar bazasi katta emas.

Eslatamiz, O'zbekistonga mobil internet xizmati ham rivojlanib bormoqda. O'zbekiston Aloqa va Axborotlarshtirish Agentligi bergan ma'lumotga asoslangan holda, 2010 yilning ohiriga kelib O'zbekistonda internet foydalanuvchilarining soni 7,3 millionga yetgan. Ularning 4,1 millioni esa mobil internet foydalanuvchilaridir.

XS
SM
MD
LG