Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 14:34

O‘zbekistonda REGNUM va CA-NEWS saytlari to‘sildi


"O‘zbekistonda keyingi bir oy ichida avvallari kirish mumkin bo‘lgan xorij axborot saytlarini to‘sish amaliëti yanada kuchaydi. To‘silish navbati endi Markaziy Osië axborot xizmati CA-NEWS va Rossiyaning REGNUM axborot agentligi saytlari keldi"¸ deyiladi 3 avgust kuni CA-NEWS tarqatgan xabarda.

O‘zbekistonda Ozodlik¸ BBC¸ Amerika ovozi kabi xorij axborot xizmatlari internet saytlari yillardan beri to‘sib qo‘yilgan. Bu saytlarga O‘zbekiston ichkarisidan kirishga uringan mushtariy avtomatik tarza www.msn.com saytiga yo‘naltiriladi.

Odatda O‘zbekistonga oid rasmiy manbalardan olingan xabarlarni tarqatuvchi yana ikki saytning to‘silishini sharhlagan huquq faollari¸ buni O‘zbekiston mustaqilligining 20 yilligi tantanalari arafasidagi navbatdagi harakat sifatida baholamoqdalar. Ular fikricha¸ Toshkent xavfsizlik kuchlari¸ internetdagi axborot oqimini yanada to‘sish orqali bayramga soya soluvchi xabarlarning o‘zbekistonliklarga yetib kelishi oldini olmoqchi.

Matbuot erkinligi bilan shug‘ullanuvchi xalqaro guruhlar O‘zbekistonni bu erkinlik butunlay toptalaëtgan davlat sifatida tasnif qilishadi¸ prezident Islom Karimov esa¸ yillardan beri dunëdagi internet dushmanlari ro‘yxatidan joy olib kelmoqda.
XS
SM
MD
LG