Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 12:03

"O‘zbekistonda tergov qilinayotganlar huquqlari 100% ta‘minlangan"


O‘zbekistonda 2010 yili bironta ham advokat o‘z himoyasi ostidagi shaxsning huquqlari buzilgani yuzasidan shikoyat bilan murojaat qilmadi.

Regnum axborot agentligiga ko‘ra, bu haqda O‘zbekiston respublikasi Ichki ishlar vazirligining inson huquqlari himoyasi va huquqiy ta‘minot boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Ilhom Turg‘unov bayonot bergan.

Turg‘unovga ko‘ra, tergov jarayonida tergov qilinayotganlarning himoyachi xizmatidan foydalanish, u bilan cheklanmagan tartibda uchrashish, yaqinlari bilan telefon orqali bog‘lanish huquqi ta‘minlanmoqda.

Ayni paytda joylardan olinayotgan xabarlarga qaraganda, O‘zbekistonda tergov qilinayotganlar va qamoqxonada saqlanayotganlarning huquqlari qo‘pol ravishda buzilmoqda, ular qiynoqlarga solinmoqda.

16 iyun kuni Ozodlik muxbiri savollariga javob bergan namanganlik Ibrohim Qoryog‘diyev jiyani va u bilan birga sudlangan boshqa olti yigitga nisbatan tergov jarayonida qiynoq qo‘llanilgani to‘g‘risida aytgandi.

- Sudga bizni chaqirmasdan, advokatimizni aytmasdan, bizni ogohlantirmasdan faqatgina yollanma guvohlarni turmaning ichidan topib sud qilishdi, - degandi Ibrohim Qoryog‘diyev.
XS
SM
MD
LG