Линклар

O‘zbekiston rasmiylari o‘nlab mustaqil Internet saytlarni to‘sib qo‘ydi.

UzNews.net nashrining xabar qilishicha, joriy haftada O‘zbekistonda “The New York Times” va boshqa yirik nashrlar saytlari blok qilingan. Shuningdek xabarga ko‘ra, o‘zbek mushtariylari orasida ommabop bo‘lgan va Rossiyada chiqadigan 65 ta Internet saytlaridan 29 tasigina ochiq xolos.

Farg‘ona.ru va Vyesti.uz saytlari muharrirlariga tayanib, berilgan xabarda aytilishicha o‘zbek tilida chiqadigan mustaqil nashrlar saytlariga ham blok qo‘yilgan.

Xalqaro tashkilotlar O‘zbekiston hukumati va uning rahbari Islom Karimovni Internet dushmanlari ro‘yxatiga kiritgan.
XS
SM
MD
LG