Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 14:59

O‘zbekistonda Turkiyaning 50 tashkiloti yopildi


O‘zbekistonda keyingi yarim yil davomida 100 ta supermarket va ishlab chiqarish korxonalari yopildi.

Centralasiaonline.com sayti ma‘lumotiga ko‘ra, O‘zbekiston hukumati bu tashkilotlar yopilishini korrupsiyaga qarshi kurash doirasida amalga oshirilganini bildirgan.

Yopilgan tashkilotlarning qarayib 50 tasi turk kapitali hisobiga ochilgan do‘kon va tashkilotlar bo‘lgan.

MXXdagi manbaga tayanib tarqatilgan xabarga ko‘ra, aksar tashkilotlar taqiqlangan “Nurchilar” tashkilotiga aloqadorligi uchun yopilgan. Ushbu tashkilotlar taqiqlangan diniy kitoblarni tarqatganlik va O‘zbekistondagi nurchilarga ko‘maklashganlikda ayblangan.

Shuningdek, tashkilotlarga soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash aybi ham qo‘yilgan.

O‘zbekiston bojxona qo‘mitasi ma‘lumotiga ko‘ra, Toshkent shahridagi Turkuaz savdo majmuasidagi tekshirishlar natijasida 40 ta qonunbuzilish holati aniqlanib, 3 million AQSh dollari miqdoridagi tovar mahsulotlari musodara qilingan.
XS
SM
MD
LG