Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 04:57

O‘tgan yili 23 ming o‘zbekistonlik Rossiya grajdanligini oldi


O‘zbekiston Rossiya grajdanligini olayotgan vatandoshlari soni bo‘yicha uchinchi o‘ringa ko‘tarildi. Rossiya IIVsi keltirayotgan ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiya pasportini olgan o‘zbekistonliklar soni bir yil oldingiga nisbatan 659 kishiga ko‘payib, 23 216 kishini tashkil etdi. Ayni paytda, rossiyaliklar hukumat joriy etayotgan grajdanlik berishni osonlashtiruvchi tartiblarga qarshi chiqmoqda.

MDH davlatlari vatandoshlari orasida iqtisodiy jihatdan qudratliroq bo‘lgan Rossiya davlati grajdanligini olishga bo‘lgan ehtiyoj ortib bormoqda.

2016 yil davomida 23 216 nafar o‘zbekistonlik Rossiya vatandoshligiga o‘tdi.

Rossiya Ichki ishlar vazirligi rasmiy xabariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich bo‘yicha O‘zbekiston umumiy hisobda uchinchi o‘ringa ko‘tarilgan. O‘tgan yilgi ko‘rsatkich 659 kishiga kam bo‘lib, 22 557 nafar o‘zbek muhojiriga Rossiya qizil pasporti olish nasib qilgan edi.

Keltirilayotgan raqamlardan eng ko‘p Rossiya vatandoshligini olgan ukrainlar bo‘lib (100 696 kishi), o‘tgan yilga nisbatan rus pasportini olganlar soni 49 foizga o‘sganini ko‘rish mumkin. Ro‘yxatda O‘zbekistondan oldingi ikkinchi o‘rinni Qozog‘iston egallab turibdi: 2016 yilda 37 837 shaxs qozoq pasportinialmashtirgani ma’lum qilindi. (Ta’kidlash joyizki, Konstitutsiyasining 10 moddasiga muvofiq, O‘zbekiston kabi, Qozog‘iston ham ikkinchi grajdanlikni tan olmaydi.)

Rossiya ommaviy axborot vositalari Ukraina vatandoshlari ikkinchi yildirki Rossiya pasportini olish bo‘yicha birinchilikni saqlab kelayotganiga e’tibor qaratmoqda. 2014 yilning sentyabrida Ukraina Donbassida boshlanib ketgan qurolli to‘qnashuvlar oqibatida Rossiyaga yarim millionga yaqin qochqin kelib o‘rnashdi.

Shu bilan birga, tan olinmagan DNR va LNRda berilgan pasport egalari uchun Ukraina grajdanlariga kabi migratsiya qoidalari amal qiladi: Rossiyaga kirib kelgan dnr-lnrchilar 90 kundan keyin Rossiyani tark etishlari lozim.

Rossiya Fanlar Akademiyasining Sotsiologiya instituti sektor bo‘limi boshlig‘i, sotsiologiya fanlari doktori Vladimir Mukomel Ozodlik radiosi bilan suhbatda barcha MDH davlatlari grajdanlarining Rossiya pasportiga qiziqishini iqtisodiy-ijtimoiy sabablar bilan izohladi.

- Rossiyada yashab, mehnat qilayotgan O‘zbekiston grajdanlari barcha huquqlardan foydalanish imkonini beruvchi maqom Rossiya pasporti bilan birga olinishini tushunishayapti. Bu yerda hatto doimiy qolishni rejalashtirmayotgan, ammo oilasi, ish joyi, tanishlari shu yerda bo‘lgan o‘zbeklar uchun Rossiya grajdanligi juda katta qulayliklarni yaratishi turgan gap. Ammo juda ko‘plab o‘zbekistonliklar Rossiyada doimiy yashashga qolish istagida ekani ham ma’lum. Ular soni bir necha yuz mingga etadi! Ular uchun vaqtinchalik yashash ruxsatnomasi – “vid na jitelstvo” ham o‘z huquqlarini to‘liq ta’minlash uchun yetarli emas, dedi Vladimir Mukomel.

Vladimir Mukomel birgina ukrainaliklar asosan siyosiy sabablar tufayli Rossiya grajdanligiga o‘tganini ta’kidlab o‘tdi.

Ekspert shu bois ham Rossiya hukumati tomonidan hozirlanayotgan yangi “grajdanlikka qabul qilish tartibi” joriy etilishiga jiddiy shubha bildirdi.

- Gap Rossiyada ilgari yashaganlar farzandlari va avlodlariga grajdanlik berish haqida ketayapti. Men bu tashabbus Duma muhokamasidan o‘tmaydi, deb o‘ylayman, chunki bu amal chapga va o‘ngga pasport tarqatishga borib taqaladi. Bu yaxshi ish emas! Bu korrupsiyaning yangi ko‘rinishi, sobiq Sovet Ittifoqi davlatlari bilan munosabatlarning taranglashishi, degani hamdir, dedi Vladimir Mukomel.

Suhbatdosh Rossiya vatandoshligini olganlarning yarmidan ko‘pini, odatga ko‘ra, “Yurtdoshlarni ko‘chirish” Dasturi asosida mamlakatga kirib kelayotgan rusiyzabon o‘zbekistonliklar tashkil etishini ham qo‘shimcha qildi.

Социология фанлари доктори Владимир Мукомель билан суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:04:20 0:00
Бевосита линк

Rossiya Fanlar Akademiyasi mutaxassislari bugungi kunda Rossiyada grajdanlik olish istagida bo‘lganlar soni 6 million kishidan oshishini taxmin qildi.

Demografiya mutaxasislari 2025 yilga borib Rossiya aholisi yana 14 million kishiga kamayishini bashorat qilmoqda. Ular Rossiyada yildan yilga murakkablashib borayotgan demografik vaziyatni 700 mingda 1 milliongacha bo‘lgan immigrantlar hisobiga barqarorlashtirish mumkinligini gapirmoqda.

Ayni paytda, aksar rossiyaliklar sobiq Sho‘rolar mamlakati hududida yashaganlar uchun osonlashtirilgan tartibda grajdanlik tarqatish tashabbusiga qarshi ekanini bildirdi.

Jamoatchilik fikrini o‘rganish umumrossiya markazi (VTsIOM) o‘tkazgan sotsiologik so‘rov natijalariga ko‘ra, 71 foiz rossiyalik grajdanlik berish tartibini yengillashtirishga qarshi chiqdi. Jumladan, so‘rovda ishtirok etgan rempondentlardan 36 foizi migratsiya tartiblari yanada qattiqlashishini yoqlab chiqdi.

XS
SM
MD
LG