Линклар

Shvyesiya va Finlyandiyaga qarashli TeliaSonera shirkatining sho‘ba korxonasi hisoblangan O‘zbekistondagi Ucell mobil aloqa operatori mijozlari soni 8 millionga yetdi.

Uzdaily.uz internet nashri xabariga ko‘ra, Ucell Bosh direktori Oguz Memigyuvyen buni zamonaviy texnologiyalardan foydalanib mijozlarga xizmat ko‘rsatayotgan shirkatining to‘g‘ri yo‘ldan borayotgani bilan izohlagan.

2010 yilda Ucell mijozlari soni yetti million kishi bo‘lgan.

Ucell mobil aloqa operatori O'zbekiston ichida faoliyat ko'rsatadigan mobil aloqa operatorlari orasida mijozlar soni bo'yicha ikkinchi o'rinda. Eng yirik mobil operatori MTS bo'lib uning 9 milliondan ziyod mijozi bor.

O'zbekiston mobil aloqa abonentlarining umumiy soni 2010 yilning ohirida berilgan ma'lumotlarga ko'ra mamlakat bo'ylab 18 milliondan ziyoddir.
XS
SM
MD
LG