Линклар

logo-print
O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov farmoniga muvofiq Adliya vaziri Ravshan Muhiddinov O‘zbekiston prezidentining xuquq-tartibot, kuch ishlatar va fiskal tuzilmalar faoliyatini muvofiqlashtirish bo'yicha Davlat maslahatchisi etib tayinlandi.

Toshkent Davlat uriversitetining Yuridik fakultetini tamomlagan 47 yashar Ravshan Muhiddinov 2007 yildan beri Adliya vaziri lavozimida ishlab kelayotgan edi.

2006-2007 yillarda Muhiddinov Respublika Bosh prokurori o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.

Muhiddinov 2010 yilning 21 sentabrida Davlat maslahatchisi etib tayinlangan general-mayor Muidjon Tohiriyning o‘rnini egalladi.

O‘zbekiston mustaqillikni qo‘lga kiritganidan beri prezidentning Davlat maslahatchisi lavozimida to‘rt general - Baxtiyor G‘ulomov, Tursunxon Xudoybergenov, Ravshanbek Shamshiyev va Muidjon Tohiriy ishladi.
XS
SM
MD
LG