Линклар

O‘zbekistonda soliqlarni vaqtida to‘layotgan va barqaror rivojlanayotgan kichik tadbirkorlik sub‘ektlari uch yil davomida soliq tekshiruvidan ozod qilinadi.

O‘zbekiston prezidenti 4 aprel kuni “Tadbirkorlik sub‘ektlari tekshiruvini kamaytirish va nazorat qiluvchi tashkilotlar tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar haqida”gi farmonga imzo chekdi.

Hujjatda yangi tuzilgan kichik tadbirkorlik sub‘ektlarining moliyaviy-xo‘jalik faoliyati ular ro‘yxatga olingan vaqtdan keyin uch yil davomida rejalashtirilgan soliq tekshiruvidan o‘tkazilmasligi belgilangan.

Yangi farmon aksizli mahsulotlar ishlab chiqaruvchi, shuningdek, maqsadli byudjet mablag‘i hamda markazlashgan vositalar va resurslardan foydalanuvchi kichik tadbirkorlik sub‘ektlariga taalluqli emas.
XS
SM
MD
LG