Линклар

O‘zbekistonda avtomobillar uchun motor ishlab chiqaradigan “GM Powertrain Uzbekistan” qo‘shma korxonasi 2011 yil noyabr oyida ishga tushadi.

Bu haqda 22-23 aprel kunlari Toshkentda o‘tgan xalqaro anjumanda O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari, Moliya vaziri Rustam Azimov ma‘lum qildi.

AQShning “General Motors” va “O‘zavtosanoat” shirkati GM shirkatining kichik va tejamkor motorlarini ishlab chiqaradigan qo‘shma korxona tuzish haqida 2008 yil oxirida shartnoma imzolagan.

Yangi korxona aksiyalarining 52 foiziga “General Motors” egalik qiladi.

“GM Powertrain Uzbekistan” qo‘shma korxonasi, GM shirkati Janubiy Koreya va Xitoyda ishlab chiqarayotgani kabi, Tinch okeani mintaqasi uchun 1,2 va 1,5 litr hajmdagi motorlar ishlab chiqaradi.

Yangi zavod Toshkent viloyatining Zangiota tumanida joylashgan.

U yiliga 225 mingta avtomobil motori ishlab chiqarish quvvatiga ega.
XS
SM
MD
LG