Линклар

AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi Twitterda o‘zining rasmiy sahifasini (@usembtashkent) ochdi.

Elchixona vakili Molli Stivyenson Bi-Bi-Si bilan suhbatda bunday sahifani ochishdan maqsad elchixona faoliyati bilan qiziquvchilarga ko‘proq ma‘lumot olish imkoniyatini yaratish va jamoatchilik bilan aloqaning yangi vositasidan foydalanish ekanini aytdi.

Sahifaga kiruvchilar elchixona faoliyati bilan bir qatorda Amerikada o‘qish imkonlari, elchixona grantlari, AQShda yuz berayotgan voqealar, bu mamlakat tarixi, madaniyati haqida xabar-ma‘lumotlar olishlari mumkin bo‘ladi.
XS
SM
MD
LG