Линклар

logo-print
«Qirg‘izgaz» shirkati matbuot kotibi Jaynagul Maksimova 3 mart kuni tunga qadar qirg‘izistonliklar uylariga gaz uzatish to‘liq tiklanishini aytdi.

Maksimovaga asoslanib 24.kg axborot agentligining bildirishicha, hozirda gaz quvurida bosim normallashgan va fors-major vaziyat bartaraf qilingan.

Yaqin fursatda Bishkek shahar issiqlik stansiyasining gazdan foydalanishga o‘tishi ham kutilmoqda. Gaz tanqisligi bois chorshanba kuni stansiya mazutdan foydalanishga majbur bo‘lgan edi.

2 martga o‘tar kechasi O‘zbekistonning gaz qazib olinadigan hududlarida harorat - 16 darajaga tushib ketgani natijasida gaz qazib chiqarishda texnik muammolar yuzaga kelgan. O‘z navbatida bu gaz quvurlarida bosim pasayib ketishiga sabab bo‘lgan edi.
XS
SM
MD
LG