Линклар

O‘zbekistonlik haydovchilarni nima qiynaydi?


 O‘zbekistonlik haydovchilar yo‘lning o‘nqir-cho‘nqiriyu tamshangan nozirlardan bezor bo‘lganlarini aytadilar.

O‘zbekistonlik haydovchilar yo‘lning o‘nqir-cho‘nqiriyu tamshangan nozirlardan bezor bo‘lganlarini aytadilar.

O‘zbekistonda yil boshidan xususiy avtomaktablar tugatildi. Shuningdek, haydovchilik guvohnomasini qayta olish tartibiga ham o‘zgartishlar kiritildi. O‘zbekistonlik haydovchining o‘zi qanday muammolari haqida gapirishni istaydilar?

Maqolani Mp3 shaklida eshiting:


Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanida istiqomat qiluvchi katta haydovchilik stajiga ega suhbatdoshimiz Shahriyor aka yosh haydovchilardan shikoyat qiladi:

- Mana bu “Damas” avtomashinalarida o‘qib-o‘qimasdan haydovchilik guvohonomasi olgan fuqarolar, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida nihoyatda ko‘payib ketgan. Ikkinchidan, boyvachchalarning, mansabdorlar, organ xodimlarining, prokuror, sudyalarning bolalari, keyin pul topish uchun chiqqan “Damas” haydovchilari yo‘l harakati qoidalarini nihoyatda ko‘p buzadi. DAN xodimlari ko‘p tadbir o‘tkazishadi, lekin bularga bas kela olmaydi yoki qo‘rqadi. Yo‘lda avtomobil boshqarishda yo‘lning buzuqligi birinchi xolat bo‘lsa (yo‘llarimiz talab darajasida emas, nihoyatda uydim-chuqurlar ko‘p), “Damas” haydovchilari qizil chiroqqa o‘tadi.Belgilanmagan joydan o‘tadi, kesib o‘tadi, mashinani qisadi. Mana shu muammoga ko‘p duch kelaman, - dedi kitoblik haydovchi Shahriyor aka.

U deputatlar o‘z e‘tiborini boshqa masalalarga ham qaratishini istashini aytadi:

- Ichib tushganlik bo‘yicha 1 million jarima to‘lash kabilar kuchga kirdi. Ikkinchi masala, avtoavariya. Avtoavariyada “ehtiyotkorsizlik oqibatida” deydi, 266-modda bilan qamoq bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo ko‘rishadi. Bu yerda bir nechta odam o‘lishiga sabab bo‘ladi, vaholanki u ehtiyotkorsizlik oqibatida emas. Hali haydovchilik huquqi bo‘lmagan boyvachchaning bolalari bo‘ladi. Ana shunga nisbatan Senatdagi martabasi ulug‘ insonlar, yuqori, quyi kengashlari bor - mana shular odamlar o‘limiga sababchi bo‘lganlarga og‘irroq jazo berishlarini ishlab chiqishini so‘rar edim, - dedi kitoblik haydovchi Shahriyor aka.

Avtobus haydovchisi Odil aka Buxoro-Toshkent avtotrassasi bo‘ylab ko‘p qatnashini aytadi Uning muammosi yo‘llarning yaroqsizligi va yo‘l nozirlarining "pul shilish”idir.

- Yo‘llar endi hozir butunlay dabdala bo‘lgan. Postga chiqasiz, 100 mingdan har bir mashinadan yo‘lda o‘tirgan nozirlar oladi. Bahona, sabablarni ro‘kach qilib oladi. “Shu qonunni buzding” deydi, yo‘l-yo‘rig‘ini qilib oladi, - dedi avtobus haydovchisi Odil aka.

Farg‘onalik Ahmadjon aka ham oldingi suhbatdoshimiz Odil aka gaplariga qo‘shiladi. Unga ko‘ra, O‘zbekistonda yo‘l sifati va DAN xodimlarining pora olishidan boshqa dolzarb muammo yo‘q.

- Ochig‘ini aytsak, ularning har bitta postda turgani yuqoridagi xo‘jayiniga pul yig‘ib, ma‘lum bir qismini beradi. Bu ahmoqqa ham ayon narsa. O‘zbekistonda haydovchilardan yo‘l uchun pul olinadi, adashmasam, Lekin u pullar yo‘lga sarflanmaydi. Men bir narsani esladim. Bizning okrug hududimizda deputatlar saylovi bo‘lgan edi. Bir nomzod: “yo‘lga sarflanmadi”, dedi, deputat sarflanganligini aytdi. Xullas, bir-birlarining kartalari ochildi. Keyin bu ish yopilib ketildi. Juda katta pullar yo‘lga sarflanmas ekan. Narigi deputat: “Magistral yo‘llarni tiklashimiz kerak”, degan edi. U sobiq sud xodimi edi, nafaqaga chiqib, deputatlikka nomzodini qo‘ygan edi, - deya eslaydi farg‘onalik haydovchi suhbatdoshimiz Ahmadjon aka.

Andijon viloyatining Asaka tumanidan bo‘lgan haydovchi Rasuljon aka bir necha yil badalida qo‘li mashina rulini ushlamagan haydovchilarning qayta imtihon topshirishi tarafdori.

- 3-4 yil mashina minmagan bo‘lsa, qayta imtihon topshirsa, yaxshi. Hech bo‘lmasa, nazariy bilib olsin. Ko‘chaga chiqayapti texnika boshqarib, 3-4 yil minmasdan ko‘chaga chiqsangiz, qo‘lingiz kelmaydi-ku, - dedi asakalik haydovchi Rasuljon aka.

Шарҳларни кўрсатинг

XS
SM
MD
LG