Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 10:18

O'zbekistonlik legionerlar chet el klublarida mahorat ko'rsatishmoqda


Ulug'bek Baqoyev Qatarda o'tgan Osiyo Kubogida
Ulug'bek Baqoyev Qatarda o'tgan Osiyo Kubogida
Yilning boshida Qatarda o'tgan Osiyo Kubogida o'z mahoratini ko'rsatgan O'zbekiston futbolchilari chet el klublarida ham a'lo o'yin ko'rsatishmoqda. O'zbekistonlik legionerlar Temur Kapadze va Ulug'bek Baqoyevlarning so'ngi o'yinlari bunga yaqqol misoldir.

Janubiy Koreyaning "Key" Ligasida (K-League) "Incheon United" futbol klubida 18 raqam ostida to'p surayotgan Temur Kapadze liganing navbatdagi bosqich o'yinlarida "Daejeon Citizen" klubiga qarshi maydonga chiqib, jamoasi tarafidan kiritilgan uch go'lning biriga mualliflik qilishga muvaffaq bo'ldi. Eslatamiz, "Key" Ligada Kapadze bilan birga O'zbekistondan yana Server Jeparov ("Seul") va Aleksandr Geynrixlar ("Suwon Bluewings") to'p surishmoqda.

Qo'shni Qozog'iston premyer ligasida "Jetisu" futbol klubi tarkibida 20 raqam ostida to'p surayotgan Ulug'bek Baqoyev esa "Ordabasi" klubiga qarshi mehmonga o'tkazilgan o'yinda yagona go'lga mualliflik qilib, oz jamoasiga g'alaba olib keldi. Ushbu g'alabadan so'ng "Jetisu" klubi 6 ochko bilan premyer liganing uchinchi pog'onasiga chiqib oldi.

O'zbekistonlik legionerlar orasida Rossiya premyer ligasida "Anji" klubida to'p surayotgan Odil Ahmedov ham bor. Ayni damda Yevropadagi yetakchi futbol klublarining skautlari Ahmedovni katta qiziqish bilan kuzatib borishmoqda.
XS
SM
MD
LG