Линклар

Шошилинч хабар
05 май 2024, Тошкент вақти: 05:26

O'zbekistonlik mehnat muhojirlari kinoda


O'zbekistonlik aktyor Javohir Zokirov filming bosh qahramonini rolini ijro etdi.
O'zbekistonlik aktyor Javohir Zokirov filming bosh qahramonini rolini ijro etdi.
Rossiyada faoliyat yurituvchi Vremena Productions prodyuserlik markazining ijodiy guruhi Moskvadagi o'zbekistonlik mehnat muhojirlari hayoti haqida "Limonariy" nomli qisqa metrajli film suratga oldi. Film o'z vatandoshlarini pulga "kidat" qiluvchi ayyor o'zbekistonlik "gastarbayter" va uning tuzog'iga tushgan mehnat muhojirlari haqida. "Yosh to'lqin" tahririyati "Limonariy" rejisori Vasiliy Fenin bilan film haqida suhbat qurdi.

Yosh to'lqin: Vasiliy Valeryevich, biz siz yaratgan "Limonariy" filmining treylerini (reklama, tahr.) ko'rib chiqdik. Juda ham qiziqarli. Filmning asosiy maqasadi nimada? Film orqali biron bir muammoni ko'tarib chiqdingizmi?

Vasiliy Fenin: Biz hech qanday muammoni ko'tarib chiqmadik, va bu bizning asosiy maqsadimiz emasdi. Bu film yolg'izlik haqida - Moskva shahriga kelgan insonning yolg'izligi haqida.Agar sizga treyler yoqgan bo'lsa, filmning o'zi albatta yoqib tushadi.

Yosh to'lqin: "Limonariy" filmida o'zbekistonlik aktyor Javohir Zokirov bosh rolda suratga tushgan. Bu film tijorat uchun suratga olindimi, yoki ko'proq mualliflik filmimi?
Aktyor Javohir Zokirov taniqli san'atkorlar oilasi - Zokirovlar dinastiyasidan.

Vasiliy Fenin: Albatta bu mualliflik filmi. Ahir qisqa metrajlik filmini savdoga chiqarish qiyin. Yaqinda esa "Limonariy"ni Sloveniya poytaxti Lyublyanadagi film festivaliga qabul qilishdi. Aytib o'tish joiz, o'zbekistonlik Javohir Zokirov o'z rolini juda ham qoyil ijro etdi. Boshqa aktyorlar ham "jivoy" oynashdi. Shuning uchin ham film jonli, kundalik hayotga yaqin chiqdi.

Yosh to'lqin: Demak bu filmda sizning maqsadinginz Moskva shahridagi millionlagan "gastarbayter"lar muammosini ko'tarib chiqish emas edi?

Vasiliy Fenin: Aslo, bu muammo anchadan beri hammaga tanish va ko'pchilik bu muammoni ko'tarib chiqgan. "Limonariy" filmi esa oddiy inson taqdiri haqida. Hamma bilgan narsai yana ko'tarib chiqishdan foyda yo'q.

Yosh to'lqin: Bilishimizcha, bosh qahramon rolini o'ynagan Javohir Zokirovdan tashqari hamma filmda o'ynaganlar professional aktyorlar emas. Ular kimlar?

Vasiliy Fenin: To'ppa-to'g'ri, ular professional aktryorlar emas. Ular O'zbekistonning Farg'ona vodiysi, hamda Xorazm viloyatidan Moskvaga kelgan oddiy mehnat muhojirlari. Ular asosan Moskvada ketayotgan qurilishlarda ishlashadi.

Moskvada ishlovchi kosonsoylik Xamidxon Xamroyev esa "Limonariy"da ikkinchi plan aktyori rolini ijro etdi.
Yosh to'lqin
: "Limonariy" filmi kim uchun suratga olindi? Ya'ni filmning auditoriyasi kim?

Vasiliy Fenin: Bilasizmi, bu mualliflik filmi. Asosiysi bu filming suratga olinishi. Tamoshabin esa topiladi. Biz "Limonariy"ni Toshkentda ko'rsatishni rejalashtirgan edik. Hozircha bu haqda aniq bir narsa deyish qiyin. Keyinchalik balkim filmni internetga joylashtiramiz.

Yosh to'lqin: Aytishlarich "Limonariy" filmining byudjeti atigi 150 ming rubl. Gollivud filmlariga sarflagan mabkag' oldida bu hech narsa emas...

Vasiliy Fenin: 150 mingdan ham oz bo'lishi kerak.

Yosh to'lqin: Ahir Javohir Zokirov professional aktyor-ku. Demak u bu filmda bepulga suratga tushdimi?

Vasiliy Fenin: Albatta, bu filmda aktyorlar uchun gonorarlar berilmadi. Hamma o'z hoxishi va qiziqishi bilan qatnashdi. (kulib) Javohir hatto Toshkentdan Moskvaga o'z hisobiga uchib keldi. Ketish biletini esa biz olib berdik. Filmning titrlarida bu aytilmagan, lekin Javohirning filmga qo'shgal salmog'i juda ham katta - menikidan oz emas. Usiz film bunchalik sifatli bo'lmagan edi. Javohirni filmning ikkinchi rejisori desa ham bo'ladi.

Yosh to'lqin: Nega aynan o'zbeklarni suratga oldingiz? Ahir Moskvada Tojikiston va Qirg'izistondan kelgan mehnat muhojirlari ham oz emas.

Vasiliy Fenin: (kulib) Sizga filmning kichkina sirini oshkor qilaman. "Limonariy"da suratga tushgan aktyorlar o'zbekistonlik ekanligiga qaramasdan ularning millati har hil. Farg'onadan o'zbeklar bor, Kosonsoydan tojiklar bor, Xorazmdan turkmanlar bor.

Yosh to'lqin: Filmni suratga olish jarayoni qiziq voqealarsiz o'tmagandir?

Vasiliy Fenin: Eng qizig'i filmga ko'p mablag' sarflamasdan oz vaqt ichida yakunlaganimiz. Yana bir qiziq narsa, ayrim aktyorlar Moskvada ro'yxatdan o'tmaganligi bois juda ham ehtirotkorlik bilan ishlashga to'g'ri keldi.

Yosh to'lqin: "Limonariy" so'zi limon yetrishtiriladigan issiqxona, degani. Buni filmga qanday aloqasi bor?

Vasiliy Fenin: (kulib) Siz bunga javobni filmni to'lig'i bilan ko'rganingizda topasiz.

Yosh to'lqin: Vasiliy Valeryevich, intervyumiz ham nihoyasiga yetmoqda. Biz so'ramagan narsalar yoki yuqoridagi javoblaringizga qo'shimchangiz bormi?

Vasiliy Fenin: (kulib) Go'zal maskan bo'lmish O'zbekistonga salomlar!

Aziz mushtariy, e'tiboringizga "Limonariy" filmining treylerini havola etamiz:

XS
SM
MD
LG