Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 14:06

Rossiyada qolib ishlashni istagan muhojirlar isyonini prokuratura o‘rganmoqda


Qo‘lini kesgan shaxs muqaddam 10 marotaba sudlangani aniqlandi (Fotosuratlar “Pravovaya osnova” tashkiloti tomonidan taqdim etildi)
Qo‘lini kesgan shaxs muqaddam 10 marotaba sudlangani aniqlandi (Fotosuratlar “Pravovaya osnova” tashkiloti tomonidan taqdim etildi)

Rossiyaning Yekaterinburg shahridagi migrantlarni saqlash markazida bo‘lib o‘tgan g‘alayonlar yuzasidan mahalliy prokuratura tekshiruv boshladi. Huquq himoyachilari markazda saqlanayotgan xorijliklar, jumladan o‘zbek muhojirlari shu tariqa Rossiyadan nohaq deportatsiya qilinayotganiga e’tibor qaratishga uringanini gapirmoqda.

Sverdlovsk viloyat prokuraturasi shu yilning 23 fevralida Yekaterinburg yaqinidagi Koltsovo qo‘rg‘onida joylashgan Xorij vatandoshlarini vaqtinchalik saqlash maxsus priyomnigida (TsVSIG) deportatsiya qilinayotgan bir guruh migrantning ko‘targan g‘alayoni sabablarini o‘rganishga kirishdi.

“Huquqiy asos” ("Pravovaya osnova") huquq himoyasi tashkiloti xodimi Aleksey Sokolov o‘zining Facebookdagi sahifasida to‘polon tonggi soat 6 da boshlangani, xorijlik bo‘lgan olti kishi kameralardan birini ichkaridan yopib olganini xabar qildi.

"SVSIGda ushlab turilganlarning so‘zlaridan, markaz xodimlari ularning hayoti va sog‘ligiga tahdid qilgan. Tashkilotimiz xodimlarini ichkariga kiritishmayapti. Ichkariga politsiya va spetsnaz guruhi kiritilgan, deportatsiya qilinayotgan grajdanlar yopib olgan xona eshiklarini buzib kirishga tayyorlanmoqda ", deb yozdi Aleksey Sokolov.

Norozilik aksiyasida O‘zbekiston, Tojikiston va Qozog‘iston vatandoshlari ishtirok etayotgani, ulardan bir nechtasi qo‘llarini kesishgacha borgani ma’lum qilindi.

Koltsovo Xorij vatandoshlarini vaqtinchalik saqlash markazi
Koltsovo Xorij vatandoshlarini vaqtinchalik saqlash markazi

Sverdlovsk viloyat Ichki ishlar boshqarimasi axborot bo‘limi rahbari Valeriy Gorelix bu shaxslar deportatsiya qilinishiga qarshi norozilik qilayotganini bildirib, dedi:

- Ularning barchasi Rossiyada qolib, ishlash istagida ekanini bildirdi. Norozilar boshqa talablarni qo‘ygani yo‘q. Xonani berkitib olganlar orasida Rossiya Jinoyat kodeksi bo‘yicha muqaddam sudlanganlar, hatto qotillik bilan o‘tirib chiqqanlar borligi aniqlandi. To‘polonni 10 marotaba sudlangan shaxs boshlab bergan – u qo‘linining tomirlarini kesib tashlabdi, dedi Valeriy Gorelix.

Sverdlovsk viloyat prokuraturasi Yekaterinburg TsVSIGidagi vaziyatni o‘z nazoratiga olgani va tekshiruv boshlaganini Ozodlikka bildirdi.

Prokuratura Markazdagi mahbuslar ovqatlantirilishi, tibbiy yordam ko‘rsatilishi va sharoitlari, shuningdek norozilik bildirgan shaxslar bilan shaxsiy uchrashuvlar o‘tkazayotganini ochiqladi.

Huquq himoyachilari tashqarida turgan tutqunlar yaqinlari bilan suhbatlashib, mojaroga markaz rahbariyati va migrantlar muammolari bilan shug‘ullanishi lozim bo‘lgan tegishli idoralar loqaydligi sabab bo‘lganini iddao qildi.

Markazdagi g‘alayon bostirishga politsiya va OMON guruhlari tashlandi
Markazdagi g‘alayon bostirishga politsiya va OMON guruhlari tashlandi

Aytish lozimki, muhojirlarning bunday aktsiyalari Kolsovodagi deportatsiya markazida birinchi marotaba bo‘layotgani yo‘q. O‘tgan yil yozda markazda ushlab turilganlar va qo‘lini kesgan yaqinlari muassasada “qamoqxona tartiblarini” joriy qilgan boshliq Vladimir Blagodarevni javobgarlikka tortishni talab qilgani aytilmoqda. Blagodarev ilgari 2-sonli axloqni tuzatish koloniyasi rahbari bo‘lgani ma’lum.

“Huquqiy asos” huquq himoyasi tashkiloti rahbari Olьga Vekovshinina hozirga kelib mojaro o‘z yakuniga yetgani, biroq deportatsiya markazlarida saqlanayotgan xorijliklar muammolari o‘z yechimini topmasdan qolayotganini bildirdi.

Huquq himoyachilari va mahbuslar yaqinlari ichkariga kiritilmadi
Huquq himoyachilari va mahbuslar yaqinlari ichkariga kiritilmadi

Ozodlik bilan suhbatda u qamoqxona va koloniyalardan ozod qilinayotgan hujjati yo‘q shaxslarning aksari Xorijliklarni saqlash markazlariga joylashtirilayotganini aytadi.

- Ular uzoq vaqt ushlab turilgani, hujjatlarini tiklashga hech kim yordam bermayotganidan shikoyat qildi. Kamerada o‘tirganlarning bir nechtasi qamoqxonadan olib borilgan ekan. Masalan, 26 yil og‘ir jinoyat uchun o‘tirgan shaxsning hujjatlarini tayyorlanmasdan badarg‘a qilib yuborishayotgan ekan.Ular shunchaki odamlarga uxshab yashashni istayotganini bildirgan. Tashkilotimiz qamoq va koloniyalardan ozod qilinayotgan xorijliklar muammolariga jamoatchilik e’tiborini qaratmoqchi, dedi Olga Vekovshinina.

Huquq faollari Rossiya deportatsiya muassasalarida chet elliklarni uzoq muhlat ushlab turilishi, muhojirlar orasida o‘z joniga qasd qilish, norozilik chiqishlari kabi noxush holatlar tez-tez bo‘lib turganiga e’tibor qaratib kelishadi.

XS
SM
MD
LG