Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 19:36

O‘zbekistonlik terrorchilarni moliyalishtirganlikda ayblanmoqda


Krasnodar huquq-tartibot organlari noqonuniy janggari guruhlarga moliyaviy yordam ko‘rsatganlikda gumon qilingan 32 yoshli o‘zbekistonlikni hibsga olndi.

Bu haqda Ozodlikka Krasnodar o‘lkasi prokuraturasining Tergov qo‘mitasi tergvochisi adliya mayori Ivan Sengerov xabar berdi.

- Terrorchilikni moliyaviy ta‘minlashda ayblanayotgan O‘zbekistonda tug‘ilgan shaxsga nisbatan joriy yilning 18 martida nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoiy ish yuzasidan tergov ishlari davom etmoqda. Tergov xulosalariga ko‘ra, bu shaxs Krasnodar shahrida mehnat qilib bir necha yil davomida bank o‘tkazmalari va naqd pul berish orqali Shimoliy Kavkazdagi Abdulla Paxruddinov va Abdul Malik tomonidan boshqarilayotgan noqonuniy janggari guruhlarga yordam ko‘rsatib kelganligi aniqlangan. Bu shaxslar yaqinda maxsus amaliyot davomida yo‘q qilindi. Dinsk tumanida yashovchi 32 yoshli bu yigit xotini bilan O‘zbekistondan 2003 yilda ko‘chib kelib fuqarolik olgan, shu yerda elektrik bo‘lib ishlagan, deya ma‘lum qildi prokuratura rasmiysi Ivan Sengerov.

Ma‘lum bo‘lishicha, hozircha ismi Ali deb aytilayotgan o‘zbekistonlik bir necha yuz ming rubldan bir necha milliongacha pul mablag‘larini o‘tkazgan bo‘lishi mumkin.

Tergovchilar 2 aprelda Krasnodar shahar tergov izolyatoriga olib kelingan Alining aybi isbotlansa, unga 8 yil qamoq jazosi belgilanishi mumkinligini aytishmoqda.
XS
SM
MD
LG