Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 14:42

O'zbekistonliklar YouTubeda: Innakeyinchi?


"Yosh to'lqin" taxririyati "O'zbekistonliklar YouTube saytida" ruknini yangi maqolalar bilan to'ldirishni davom ettiradi. Bu ruknda biz o'zbekistonlik internet foydalanuvchilarning mashhur YouTube saytiga qo'ygan qiziqarli videolarini chiqaramiz.

Bugungi videomizni bizga Umidjon ismli mushtariyimiz jo'natdi. Ushbu videoda o'zbekistonlik yoshlar o'zbek kinematografyasining oltin fondidan joy olgan "Shum bola" filmining barchamizga tanish bo'lgan "innakeyinchi" epizodiga qilgan parodiyasi tasvirlangan.

Tamosha qiling va baho bering:



Bilmasvoylar uchun: "Shum bola" sarguzasht-tragikomediyasi 1977 yili Damir Salimov rejisorligi ostida suratga olingan. "Shum bola" filmi atoqli yozuvchi G'afur G'ulomning shu nomli qissasi asosida ishlangan. Filmda taniqli aktyorlar: Aburaim Abduvahobov, Xamza Umarov, Boxid Qodirov, Baxtiyor Ixtiroyorov, Ergash Karimov va boshqalar suratga tushishgan.

****
YouTubeda o'zbekistonliklarning qiziqarli videolariga duch keldingizmi? Videoning linkini bizning yoshtolqin@gmail.com elektron manzilimizga jo'nating. Biz ularni albatta "O'zbekistonliklar YouTube saytida" ruknimizda joylashtiramiz.
XS
SM
MD
LG