Линклар

Шошилинч хабар
08 май 2024, Тошкент вақти: 16:38

O‘zbekistonliklar AQSh rahbariyatini ma‘qullaydimi?


U.S. -- US President Barack Obama makes remarks at the US Chamber of Commerce in Washington, DC, 07Feb2011
U.S. -- US President Barack Obama makes remarks at the US Chamber of Commerce in Washington, DC, 07Feb2011
O‘zbekiston va Tojikiston o‘z aholisining AQSh hukumatiga bo‘lgan ijobiy munosabati bobida Markaziy Osiyoda birinchi o‘ringa chiqdi.

Gallup va Meridian xalqaro markazi tomonidan o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, o‘zbekistonlik respondentlarning 47 foizi AQSh rahbariyatini ma‘qullagan, 18 foizi yoqtirmasligini aytgan. 36 foiz aholi esa bu savolga javob berishga qiynalishini bildirgan.

Tojikistonda ham 47 foiz aholiga Barak Obama yetakchiligida AQSh ma‘muriyati ma‘qul, 28 foiziga esa ma‘qul emas.

Qirg‘iziston esa Markaziy Osiyo ichida aholisi AQSh rahbariyatini eng ko‘p xush ko‘rmaydigan davlat bo‘lib chiqdi. Qirg‘izistonliklarning faqat 30 foizi AQSh ma‘muriyatini ma‘qullagan, 26 foizi esa yoqtirmasligini so‘zlagan.

2010 yilda AQSh ning global miqyosdagi yetakchiligiga oid hisobotning bu yilgi sonida aytilishicha, Jorj Bush AQSh prezidentligidan ketganidan so‘ng Markaziy Osiyoda aholining Amerika haqidagi fikri ijobiy tomonga o‘zgargan.

“Lekin ayni paytda aholining asosiy qismi AQSh rahbariyati haqida aniq fikrga ega emas va bu AQSh rahbariyati bir necha yo‘nalishlarda nisbatan sezilarli ravishda o‘zini namoyon qilishi mumkinligidan darak beradi”, deyiladi hisobotda.
XS
SM
MD
LG