Линклар

Xalqaro Gallup tashkiloti sobiq SSSR hududlarida o‘tkazgan so‘nggi so‘rov natijasiga ko‘ra¸ sobiq sovyet respublikalarining 11 tasidan 10 sida bugun aholi yirik moliyaviy oldi-berdini Amerika dollarida amalga oshirmoqda.

"Tojikiston¸ O‘zbekiston va Qirg‘iziston aholisining kattagina qismi Rossiyadagi vaqtincha ishga qaram bo‘lib qolgan bo‘lsa-da¸ bugunga kelib ular Rossiya rublidan foydalanishdan deyarli to‘lig‘icha voz kechgan. Tojikiston¸ O‘zbekiston¸ Belarus¸ Gruziya va Qirg‘iziston aholisi o‘z pul jamg‘armalarini faqat Amerika dollarida saqlashni afzal bilishadi"¸ deyiladi Gallup o‘tkazgan so‘rov natijalarida.

Ayni paytda¸ so‘ralaganlardan faqat Ozarbayjon va Rossiya fuqarolarigina¸ o‘z milliy valyutalarining uzoq muddatli istiqboliga ishonishlari va shu bois jamg‘armalarini mahalliy pulda saqlashdan cho‘chimasliklarni bildirgan.
XS
SM
MD
LG