Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 13:22

O'zbeklar dunyo nigohida: Mezbonga aylangan mehmon


Internet olamining keng sayxonida o‘zbeklar va O‘zbekiston haqida yozayotgan chet el matbuoti va blogerlarini yaqindan kuzatib borishni davom etmoqdamiz. Ho‘sh, bu gal internet o‘zbeklar haqida nima deydi?

Bugun sizni aslida Buyuk britaniyalik, lekin besh yildan beri tarixga boy Xiva shahrida istiqomat qiluvchi Kris Aleksandrning "The Guardian" gazetasida O'zbekistondagi hayoti haqida yozgan maqolasining o'zbek tiliga o'girilgan tarjimasi bilan tanishtiramiz.

Jiyani bor odamga oson, degan xulosaga keldim. Men O’zbekistonda o’zbek oilada besh yildan beri yashayman va men uchun bozorga ketayotganda, bozorlikni ko’tarishda yordamlashish uchun bitta-ikkita jiyanni ergashtirib olish oddiy holga aylangan. Biz Xiva shahrining qoq o’rtasida yashaymiz, baland devor bilan o’ralgan eski shahar biqinida. Shuning uchun ham bozorga eltuvchi eng qisqa yo’l eski madrasa va maqbaralar oldidan o’tadi.

Bugun men sakkiz kishiga tashkil (ziyofat) uyushtirayapman. Tashkilda to’kin dasturxon bo’lishi uchun bozorga ketayapmiz. Tashkil juda yaxshi narsa-da. Ayniqsa banklar yaxshi ishlamaydigan, qarindosh-urug’larning qonida esa qora kunga deb saqlab qo’ygan puling borligini sezuvchi radarlar bor jamiyatda tashkil pul saqlashning juda qulay usuli.

Tashkilda har birimiz 20 AQSh dollaridan (O’zbekistonda bu oz emas) o’rtaga tashlab, tashkilga mezbonlik qilayotgan sherigimizga beramiz. Tashkil oramizda har oyda uyushtirilib, unga mezbonlik qilish esa navbat bilan bo’ladi. Mezbon o’rtaga tushgan pulni olib, odatda qarindosh-urug’lari qarz so’ramasidan oldin ishlatib yuboradi (masalan televizor, yoki boshqa texnika olgani).

Bozor qilishni biz bir vaqtlar ipak matolar va ziravorlar yuklangan karvonlarga to’la bo’lgan, bugun esa ko’rimsiz tom bilan yopilgan karvonsaroydan boshlaymiz. Sovet davrida yasalgan, Xitoyda ishlangan rang-barang sun’iy gullar bilan bezatilgan va qand-qurslarga to’la peshtaxtalar oldidan o’tar ekanmiz, nega O’zbekistonni "tilla kulgi mamlakati” deb atalishi sababini tushunib yetaman. Chunki bu erda shirinliklar ko’p va narhlar ham odamning cho’ntagiga urmaydi.

Karvonsaroyda ishlaydigan “tilla kulgi”si bor do’stimning do’koniga boramiz. Do’stim odatdagiday tilla tishlarini ko’rsatib, charaqlagan kulgisi bilan bizni kutib oladi. Men u bilan hech qachon savdolashmayman, chunki u menga har doim narxlarni arzon aytadi. Lekin bugun unda tovuq go’shti yo’q ekan. Keyinchalik bilsak butun karvonsaroyda tovuq go’shti qolmagan emish.

Karvonsaroydan chiqib cho’ntaklari to’ldirilgan pul almashtiruvchi “valyutchiklar” oldidan o’tamiz. Sal nariroqda esa shashlikchi tutunni haydab shashlik pishirmoqda. Uning yonida esa har hil rangga bo’yalgan polietilen “kleyonka” sotuvchilari turishibti.

“Qaranglar turist kelyapti”, dedi bir qiz dugonasiga.

“Siz men haqimda gapiryapsizmi?, deb so’rayman hayron qolgan qizga qarab.

“U o’zbekcha gapirar ekan!”, deydi qiz hayron ko’zlarini katta ochib. “Turist o’zbekcha gapirar ekan!”

Meva va sabzavotlar sotiladigan raslatar oldiga kelamiz. Mezbon jiyanlarim birinchi bozorligimiz bilan xaltalarni to’ldirayotgan bir vaqtda men sotuvchi bilan savdolashishga urinaman.

“O’zbekcha gapirib bu yerlarda nima qilib yuripsiz?”, deya qiziqadi yoshi bir joyga borib qoldan sotuvchi ayol.

“Men shpionman (josus)”, deyman men eski hazilimni takrorlab.

“Eshitdilaringmi?”, deydi sotuvchi sheriklariga. “Shpion mendan mevalar harid qilmoqda. Mevalarimiz shirinligi haqida aytish esdan chiqmasin!”

Kulaman. Xazilkash sotuvchining rastasini tark etar ekanmiz, uning sherigi meni kimligim haqida gapirayotganini qulog’im cheti bilan eshitaman. Yo’q, u ayolni men hech qachon uchratmaganman. Xiva kichkina shahar-da.

Vaqt o’tishi bilan xaltalarimiz to’lib boradi. Tarvuz harid qilishda oxirigacha savdolashaman. Tarvuzni har tarafini tekshirib chiqaman, hidlab ko’raman, chertib ko’raman – hullas tarvuz bo’yicha katta mutahassis kabi tutaman o’zimni (aslida esa aksincha).

Uyga masalliqlarga to’la xaltalar bilan qaytamiz. Tovuq go’shtini qayerdan olishlik haqida mezbon oyim bilan maslaxatlashaman. Oyim aytishicha, import mollar sotuvchi falon do’konda tovuq go’shti bor emish. O’sha yerga otlanaman. Tovuq go’shti bo’yicha “monopoliya”ga egaligini bilgan sotuvchi katta narxni aytadi. Iloji yo’q olishga majburman.

Bo'ldi. Tashkil uchun hamma masalliq tayyor. Endi navbat mezbon singillarimga. Ular ovqatlarni tayyorlashga urunishadi. Men esa mehmonlar uchun to’shak va yostiqlarnni olib chiqaman. Yonimizda joylashgan minora turistlar sevgan joylardan biri, chunki u yerdan turib shahar manzarasini va quyosh botayotganda gorizontni tomosha qilish, suratga olish mumkin. Dasturxon yozar ekanman, turistlar meni kuzatishayotganini sezaman.

Dasturxon bir zumda yong’oq, shirinliklar, salat, pishiriqlar, mevalar, aroq va spirtsiz ichimliklar bilan to’ladi. Turistlar uchun eng qiziqarli bo’lgan milliy manzarani buzayotganimni sezib turaman. Mehmonlar kelib, dasturxon atrofida chordana qurib o’tirganimizda ham bu sezgi meni tark etmaydi.

Hammamiz eski shaharda suvenir do’konlarida ishlaganimiz uchun gapimiz gapimizga qovushib, gurunglashish qizib ketadi. Biz sheriklarimiz haqida g’iybatlashamiz, har xil mavzular haqida gaplashamiz. Quyosh sekin asta botib boradi. Mezbon bo’lganligim uchun, menga nafaqat to’plangan pul beriladi, balki qadahlar ham men uchun aytiladi. Keyin mehmonlar odatdagiday meni uylanishim va qo’chqordek o’gillar ko’rishim kerakligi haqida eski gapni boshlashadi.

Ziyofat ohirlar ekan, eng yoshi ulug’ mehmon hamma uchun dasturhonga duo qiladi. Qo’llarimizni kosa qilib o’tirib, uning so’zlariga qo’shilib, “Omin” so’zi bilan qo’llarimizni yuzimizga tortamiz. Duo qilar ekanman minorada hali ham bir nechta turist turganini ko’raman. Ular hayron qolgan holda menga boqishmoqda – men bu o’zbekona manzaraga loyiq kelmayman-da.

Men esa ularga qiyqirmoqchi bo’laman – hamma turistlar ham Xivada chet ellik emas! Ayrimlari mehmon, ayrimlari esa mezbon bo’lishlari ham mumkin.
XS
SM
MD
LG