Линклар

"Yosh to'lqin" tahririyati "O'zbekistonliklar YouTube saytida" ruknini yangi maqolalar bilan to'ldirishni davom ettiradi. Bu ruknda biz o'zbekistonlik internet foydalanuvchilarning mashhur YouTube saytiga qo'ygan qiziqarli videolarini chiqaramiz.

Esingizda bo'lsa, ushbu ruknimizning oldingi maqolalarida asosan O'zbekiston ta'lim tizimidagi muammolarga oid videolarni e'tiboringizga havola qilgan edik. Bu galgi video esa "Gollivuddagi o'zbeklar" haqida.

Videoni bizga Odiljon ismli mushtariyimiz yo'lladi. Videoda chet ellarga mehnat muhojiri sifatida borib, ishlayotgan minglagan o'zbekistonliklarning biri o'z bo'sh vaqtini qanday o'tkazishi tasvirga tushirilgan.



Tushunmagan bo'lsangiz, videodagi "aktyor" akamiz Gollivudning taniqli aktyori Arnold Shvarsnegger suratga tushgan "Terminator" filmidagi robotga taqlid qilib, uning mashhur "I will be back", ya'ni "men qaytaman" jumlasini aytmoqda. E'tibor bergan bo'lsangiz, "I will be back" jumlasining oldida "I am Uzbek" so'zlari ham bor.

"Terminator" filmidagi robotning millati o'zbek ekanligini endi bildik.
XS
SM
MD
LG