Линклар

logo-print
"Yosh to'lqin" tahririyati "O'zbekistonliklar YouTube saytida" ruknini yangi maqolalar bilan to'ldirishni davom ettiradi. Bu ruknda biz o'zbekistonlik internet foydalanuvchilarning mashhur YouTube saytiga qo'ygan qiziqarli videolarini chiqaramiz.

Bugungi videomizni bizga Akmaljon ismli mushtariyimiz jo'natdi. Videoda O'zbekistonning Namangan shahrida istiqomat qiluvchi nogiron Ibrohimov Ibrohim Jamolovich internet foydalanuvchilariga yordam so'rab murojaat qilmoqda.

"Yosh to'lqin" tahririyati videoda ko'rsatilgan telefon raqamlari orqali Ibrohimjon aka bilan bog'landi. Ibrohimjonning aytishicha, u 2005 yilda ko'p qavatli uydan qulab tushgan. Boshi qattiq shikast yeganligi bois u to'shakka mixlanib qolgan.

- 2005 yildan beri to'shakdaman. Qo'llarim o'zgina ishlab qoldi. Oyog'im sezadi, lekin ishlamaydi. Ayolim ham kasal bo'lib qoldi. Bir o'g'lim bor. Onam ham pensiyada. Men tuzalib ketishimga ishonaman. Lekin buning uchin moddiy yordam kerak. Hozir qo'ni-qo'shnilarim, do'stlarim va yaqinlarim menga yordam berib, menga dalda bo'lishmoqda. Katta rahmat ularga. Menga telefon qilganingiz uchun sizga ham katta rahmat. Alloh ishingizga rijov bersin, deydi Ibrohimjon.

Video rus tilida. Lekin tushunish qiyin emas.



Agar yordam beradiganlar bo'lsa, Ibrohimjon bilan ushbu telefon raqamlari orqali bog'lanishingiz mumkni: (uy) +998692251000, (mobil) +998939447710.

Ibrohimjonning bank xisobi: Agrobank OATB R/SH 20606000799010909001 Ibragimov Ibrohim Jamalovich.

*****

Шарҳларни кўрсатинг

XS
SM
MD
LG