Линклар

O‘zfarmsanoat davlat hissadorlik shirkati Germaniyaning “Kruger GmbH” kompaniyasi bilan hamkorlik haqida shartnoma imzoladi.

Regnum axborot agentligi xabariga ko‘ra, kelishuvda Farg‘onada farmesevtika korxonasi qurish nazarda tutilgan.

Qiymati 25 million AQSh dollari ekani aytilayotgan yangi korxona yiliga ikki million quti vitaminga boy dorilar ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘ladi.

Bu loyiha Germaniyaning 15 million dollar sarmoyasi hamda O‘zbekistondagi banklari beradigan 10 million dollar kredit hisobiga amalga oshiriladi.

“Kruger GmbH” shirkati yangi korxonani 2014 yil oxirigacha ishga tushirishni rejalamoqda.
XS
SM
MD
LG