Линклар

logo-print

Ozodbek Nazarbekov Shvetsiyada konsert beradi


Shvetsiya poytaxti Stokholmda O'zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekovni konsert afishasi.

Shvetsiya poytaxti Stokholmda O'zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekovni konsert afishasi.

O‘zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov Shvetsiyada yashayotgan o‘zbeklar taklifiga ko‘ra, joriy yilning 4 sentabr kuni Stokholm shahrida konsert beradi.

Shvyesiyada yashayotgan besh mingga yaqin o‘zbeklar orasida Ozodbek Nazarbekovning muxlislari anchagina, ular taklifiga ko‘ra xonanda konsert berish uchun Stokholmga keladi.

Konsert tashkilotchisi, Shvetsiyada yashayotgan asli o‘zbekistonlik Hanifa Mirzayevaga ko‘ra, Ozodbek Nazarbekovning konsertiga hatto yevropaliklar ham qiziqish bildirayapti.

- O‘zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekovning konserti bo‘lib o‘tadi. Konsert Stokholmda 4 sentabr kuni soat 17.00da Colosseum restoranida bo‘lib o‘tadi.

Ozodlik: Bu konsert kim tomonidan tashkil qilindi?

- Konsertni men o‘zim tashkil qildim. Men Yevropada ham O‘zbekistonni tanishlarini xohlab, yaxshi niyat bilan tashkil qildim.

Ozodlik: Muxlislari ko‘pmi Shvyesiyada Ozodbek Nazarbekovning?

- Muxlislari ko‘p. Xudo xohlasa, yaxshi bo‘ladi deb umid qilaman. Bu yerda o‘zbeklardan juda ham ko‘p tanish-bilishlar bor. O‘zimizning bordi-keldi do‘stlarimiz bor. Men ularning maslahatlarini olib, takliflariga ko‘ra, odam ko‘p bo‘ladi degan maqsadda konsertni tashkil qildim. Bu yerda juda ko‘p o‘zbek yashaydi. Mening surishtirganim statistika bo‘yicha hozir 5000 fuqaro bor ekan Shvetsiyada. Qanchasi legal nolegal ekanligini bilmayman. Lekin 5000 nafari ro‘yxatdan o‘tganligini bilaman. Ular orasida Ozodbek Nazarbekovning muxlislari anchagina.

Ozodlik: Shvetsiyalik mahalliy aholi ham konsertga ishtiyoq bildirayaptimi?

- Bildirishayapti. Ko‘proq Turkiya davlatidan fuqarolar telefon qilib qiziqishayapti,- dedi Hanifa Mirzayeva.
XS
SM
MD
LG