Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 21:13

O‘ztransgaz sobiq rahbari 11 yilga qamaldi


Ayrim Rossiya axborot agentliklarining bildirishicha¸ O‘ztransgaz hissadorlik shirkati sobiq Bosh direktori Erkin Vagapov sud qarori bilan 11 yilga qamoq jazosiga hukm qilingan.

2010 yil senyabr oyida hibsga olingan Vagapov xizmat vakolatini suiiste‘mol qilganlik natijasida davlatga katta miqdorda iqtisodiy zarar yetkazganlik va pora olganlikda aybdor deb topilgan.

Ozodlik bog‘langan O‘ztransgaz rasmiylari bu xabarni na tasdiqladi va na inkor qildi.

O‘zbekiston Prezidenti farmoniga ko‘ra, To‘lagan Jo‘rayev Vagapov o‘rniga O‘ztransgaz Bosh direktori etib tayinlangan. Ungacha Jo‘rayev Sho‘rtangazkimyo majmuasida bosh muhandis bo‘lib ishlagan.

Axborot agentliklari xabariga ko‘ra, O‘ztransgaz Bosh direktori lavozimiga To‘lagan Jo‘rayev nomzodini Bosh vazir Shavkat Mirziyoyev tavsiya qilgan.
XS
SM
MD
LG