Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 18:40

Parijda Andijon qirg‘ini xotirlanadi


Bugun Parijdagi Inson huquqlari xalqaro federatsiyasi Andijon qirg‘inining olti yilligiga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazadi.

Tadbir ishtirokchilaridan biri "O‘tyuraklar" tashkiloti rahbari, o‘zbekistonlik huquq faoli, hozirda Fransiyada yashayotgan Mo‘‘tabar Tojiboyevaga ko‘ra, anjumanda ikkita masala ko‘riladi.

- Birinchisi O‘zbekiston prezidentining kenja qizi Lola Karimovaning fransuz nashri Rue89ni sudga bergani, ikkinchisi Andijon fojeasiga olti yil to‘lishi munosabati bilan. Tadbirga huquq faollari va jurnalistlar taklif qilingan. Men bugun Rue89 sudida guvoh sifatida qatnashishimni ma‘lum qilmoqchiman. Men aynan Karimov diktaturasining qurboniman. Andijon qirg‘ini ham ayni diktatura natijasida amalga oshirilgan edi,- deydi Ozodlik bilan suhbatda Mo‘‘tabar Tojiboyeva.
XS
SM
MD
LG