Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 23:58

Iroq armiyasi Mosulning "Islom davlati" nazoratidagi qismi ishg‘olini boshladi


Iroq Bosh vazir harbiylar Mosulning g‘arbiy qismi ishg‘olini boshlaganini ma’lum qildi. Shaharning "Islom davlati" ekstermist guruhi qo‘lida bo‘lgan bu qismida 650 - 800 ming tinch aholi qolmoqda. Guruh 2014 yilda egallaganidan buyon Mosulni o‘z poytaxti, deb da’vo qilib keladi.

19 fevral kuni televidenie orqali chiqish qilgan Bosh vazir Haydar al-Abodiy Iroq harbiylari Mosul shahrining "Islom davlati" ekstermist guruhi (ID) qo‘lida bo‘lgan g‘arbiy qismini ishg‘ol qilishni boshlaganini ma’lum qildi.

"Biz amaliyotning yangi bosqichini boshlaganimizni ma’lum qilamiz. Mosulning g‘arbiy qismini ozod qilish uchun borayapmiz! Harbiylarimiz fuqarolarimizni DAISh ("Islom davlati" ekstermist guruhi - tahr.)dan ozod qilishni boshladi", dedi bosh vazir.

Yakshanba kuni, Iroq armiyasi Mosul yaqinidagi Azbah va Lazzagah qishloqlarini egallagani, ayni paytda, Mosul aeroporti tomon ilgarilayotganini xabar qildi.

"Islom davlati" guruhi shaharni 2014 yilda egallab olgan va Mosulni o‘zlari iddao qilayotgan halifalikning poytaxti, deb e’lon qilgan.

O‘tgan yili oktabr oyida AQSh ko‘magida ekstermist guruhga qarshi amaliyot boshlagan Iroq armiyasi shu kunga qadar Mosulning sharqiy qismini tortib oldi, g‘arbiy qismi esa jangarilari qo‘lda qolmoqda.

Hozir shaharning jangarilar nazorati ostidagi qismida 650-800 ming tinch aholi borligi aytiladi. Shaharning g‘arbiy qismi sharqiy qismidan kichikroq bo‘lsa-da, ammo aholi zich joylashgan qismidir.

Yakshanba kuni ertalabdan Iroq armiyasi harbiy vertolyotlari shaharning g‘arbiy qismi uzra varaqalar tarqatdi.

Unda aholi tez orada harbiylar yurishi boshlanishidan ogohlantirilgan.

"Sizning qurolli qo‘shiningiz, Ollohga tavakkal qilib, to‘g‘ri yo‘ldan ilgarilamoqda. Armiyangiz o‘g‘illarini qarshi olishga va ularga, xuddi chap tomondagi birodarlaringiz kabi, talofotlarni ozaytirish hamda maqsadga erishish uchun ko‘mak berishga hozirlaning!" deyiladi, jumladan, varaqalarda.

Yana ayrim varaqalarda ID jangarilaridan taslim bo‘lish so‘ralgan.

18 fevral kuni The New York Times nashri Mosulning aholi zich bo‘lgan bu qismida oziq-ovqat, suv va yonilg‘i yetishmayotgani yoki o‘ta qimmat narxlarda sotila boshlaganini yozdi.

ID ekstremist guruhi 2014 yilda Iroq va Suriyaning sezilarli qismini egallab olgan.

Jangari guruh ko‘plab vahshiyona jinoyatlarni sodir etishda ayblangan va Yevropa hamda boshqa mintaqalardagi yirik terrorchilik harakatlari uchun mas’uliyatni zimmasiga olgan.

Ayni paytda bu guruh Roqqa shahrini Suriyadagi poytaxti, deb biladi. Bu shahar ham ayni paytda AQSh vositachiligidagi kuchlarning qurshovida qolmoqda.

XS
SM
MD
LG