Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 11:58

"Paxtakor" o'z uyida eronlik "Istiqlol"ni qabul qiladi


"Paxtakor" o'yinchisi Dilshod Sharafutdinov "Istiqlol"lik Pejman Montazeri bilan to'p uchun bellashmoqda. Tehron, 6 aprel, 2011
"Paxtakor" o'yinchisi Dilshod Sharafutdinov "Istiqlol"lik Pejman Montazeri bilan to'p uchun bellashmoqda. Tehron, 6 aprel, 2011
Bugun Toshkentning "Paxtakor" futbol klubi Osiyo Chempionlar ligasi bahslari doirasida guruh o'yinlarining navbatdagisini o'tkazadi. Murabbiy Ravshan Xaydarov shogirdlari Eronning "Istiqlol" klubini o'z uyida, ya'ni "Paxtakor" stadionida qabul qiladi.

Osiyo Chempionlar ligasining "B" guruhida uch o'yindan atigi bir ochko o'lgan "Paxtakor" uchun bugungi o'yinda g'alaba qozonish havodek zarur. Aks holda "Paxtakor" guruhdan chiqish niyatini chamodoniga solib, shoshmasdan uyga qaytishi mumkin.

Eslatamiz, 6 aprel kuni "Paxtakor" mehmonda "Istiqlol" klubiga 4:2 hisobi o'yinni boy bergan edi.

"Paxtakor" klubi saytidagi ma'lumotga ko'ra, mezbonlar bugun sariq-ko'k yo'l-yo'l libosda, mehmonlar esa kulrang libosda o'yinga tushishadi.

Bugungi "Paxtakor" - "Istiqlol" o'yini Toshkent vaqti bilan soat 18:00 da "Paxtakor" stadionida bo'lib o'tadi.
XS
SM
MD
LG